Andijon davlat universiteti




Yüklə 261.44 Kb.
səhifə1/4
tarix24.04.2016
ölçüsü261.44 Kb.
  1   2   3   4


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Z.M. BOBUR NOMIDAGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


Qo‘l yozma huquqida

UDK 581.45 Adxamova Surayyo Saidaxmadovna
Farg‘ona vodiysi O‘zbekiston qismida tarqalgan Gulhayridoshlar oilasi vakillarining og‘izcha tiplari.
5A140101 - Biologiya
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan

dissertatsiya


Ilmiy rahbar:

b.f.d. prof. A.S.Dariev
Ilmiy maslaxatchi:

b.f.n. A.Sh.Mamatyusupov

Andijon - 2013

MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………………………….2-9



I. BOB

1.1. Adabiyotlar taxlili………………………………………………….10-12

1.2.Tadqiqot ob’yekti va ish uslublari………………………………….13-14

1.3.Farg’ona vodiysining tabiiy- geografik tasnifi…………………….15-25


II. BOB Gulxayridoshlar oilasi vakillariga umumiy tasnif……………26-29

2.1. Althea, Abutilon, Hibiscus turkum vakillarining hayotiy shakillari, tarqalishi va ahamiyati………...............................................................30-50



III. BOB O’rganilgan Althea offisinalis , Abutilon theophrastii, Hibiscus trionum turlarning anatomik tuzilishi………………………................51-53

3.1.Dorivor gulxayri (Althea offisinalis)………………………………..53-69

3.2.Dagpal kanop (G’o’zag’ar) (Abutilon theophrastii)…………………69-71

3.3.Bo’ritaroq (Hibiscus trionum)………………………………………..71-73


Xulosa………………………………………………………………………..74
Adabiyotlar ro‘yxati……………………………………….……………..75-76

KIRISH

“Ekologiyani muhofaza qilish va atrof-muhitni asrab-avaylash, ayniqsa hozirgi anomal tabiiy o'zgarishlar sharoitida Mingyillik deklarasiyasida belgilangan maqsadlarga erishishda katta ahamiyat kasb etadi”



Islom Karimov

Bugungi kunda barkamol shaxs tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi sababli, har tomonlama yetuk, erkin fikrlovchi, go'zal xulqli, barcha axloqiy fazilatlarga ega barkamol shaxsni kamol toptirish tarbiyaning asosiy maqsadi etib belgilangan. Shuningdek, barcha axloqiy fazilatlarning asosini ham ezgulik tashkil etadi. Barkamol shaxsni tarbiyalash uchun esa, eng avvalo, yoshlarda ezgulik tuyg'ularini shakllantirishimiz kerak. Zero, O'zbekiston mustaqillikka erishgach, davlat tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarda ham ezgulik yo'lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini ko'rishimiz mumkin. Bugungi kunda, hukumatimiz tomonidan barkamol avlod tarbiyasiga, umuman, ta'lim sohasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu e'tibor o'qituvchi-pedagoglar zimmasiga yoshlarni Vatanga muhabbatli, e'tiqodli, mehr-muruvvatli, oqil, halol, insonparvar, xalqparvar etib tarbiyalashdek mas'uliyatni qo'ymoqda. Ana shu fazilatlarni o'zida mujassam eta olgan yoshlargina yuksak axloqqa erishgan barkamol shaxs bo'la oladilar. Barkamol avloni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib kelgan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, ma’naviyatga, madaniyatga mansub bo‘lgan yurtlarning donishmandlari, eng mo’tabar ziyolilar va xukumdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O‘zbekiston atalmish shu zaminimizda yashagan bobolarimiz o‘z o‘rni va hurmatiga ega.

Barkamol avlodni tarbiyalashda bobolarimizning ma’naviy merosiga tayanishimiz mumkin. Demak; bizning barkamol avlodni tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor deb ayta olamiz.

Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridayoq buyuk ma’naviyatimizni tanlash va yanada yuksaltirish milliy, ta’lim tarbiyamizni takomillashtirish, uning milliy zaminini mustaxkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jaxon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarishishlariga katta ahamiyat berib kelinmoqda.

Iqtisodiy va siyosiy sohalarning asosiy maqsadi esa yurtimizda yashayotgan barcha fuqorolar uchun munosib hayot sharoitini tashkil qilib berishdan iborat. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jixatdan barkamol rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va ma’rifatni yuksaltirish milliy uyg‘onishlar g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Mamlakatning taraqqiyoti bundan tashqari demakratiya yo‘lida izchil borishi va uning ravnaqi O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan boy tabiiy resurslarga tayanadi. Mustaqillik taraqqiyotining ilk kunlaridayoq ulardan oqilona foydalanish va kelgusi avlodga tabiiy muhitni asrab avaylash borasida ustivor yo‘nalishlar belgilash muhim vazifa sifatida ilgari surildi. Chunki tabiatga e’tibor mamlakatimiz aholisining sog‘lom hayotini ta’minlashdagi asosiy shart omillaridan biridir.

Keyingi yillarda ilm-fan va texnikaning yuqori suratda rivojlanishi hamda insoniyatning tabiatga salbiy ta’siri natijasida ekologiyamizda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan 2008 yil 2 avgustda mamlakatimiz ekolog olimlar, shu yo‘nalishda ish olib borayotgan nodavlat tashkilotlari va faol jamoatchiligining tashabbusi asosida O‘zbekiston ekologik harakati Nodavlat notijorat tashkiloti tashkil topgan va 2008- yil 19 sentabrda Uzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Ekoharakat Uzbekiston fuqorolarining hozirgi va kelgusi avlodni qulay atrof muxit sharoitida yashash, aholi salomatligini yaxshilash barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga qaratilgan.

Ma’lumki, har qanday fan, mafkura, ta’limot o‘zining chuqur va baquvvat nazariy asoslariga ega bo‘ladi. Tabiatshunoslik, fanlari ham o‘zining turli tadqiqot ob’ektlariga mazmun mohiyatiga, predmetiga, ijtimoiy funksiyasiga ega bo‘lsa-da, ularni o‘zaro bog‘lab turadigan, birlashtiradigan yagona ildiz vazifasini bajaruvchi shaxs, millat, jamiyat va davlat manfaatlariga xizmat qilishiga qaratilgan g‘oyaviy asoslarga ega bo‘lishi zarur. Ana shu milliy-g‘oyaviy asos, shu fanlarning va ular doirasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nazariy jixatdan nechog‘lik puxtaligini va amaliy jixatdan inson, jamiyat millat va davlat manfaatlariga qay darajada mavofiq kelishi, xalqlariga yarashi, naf keltirishi, ijtimoiy samaradorligini anglatadi.



Mavzuning dolzarbligi: XX asrga kelib insoniyat faqat tabiatdan foydalanish, undan o’z ehtiyojlari uchun va xatto undan ham ortiqroq talab qilish darajasiga yetib keldiki, bu ekologik muvozanatni izdan chiqishiga, buzilishiga sabab bo’ldi. Tabiatning muhim komponenti hisoblangan o’simliklar dunyosi ham hozirgi kunda jiddiy o’zgarishlarga uchragan. Jumladan alohida hududlarning floristik va sistematik tarkibi, areallari va o’simlik resurslari holati ekologik shart-sharoitlarning o’zgarishi hisobiga kundan-kunga o’zgarib bormoqda.

Bugungi kunga kelib O’zbekistonning botanik olimlari oldida turgan muhim vazifalardan biri – o’simliklarning hilma-hilligini saqlab qolish bilan bir qatorda noyob, yo’qolib borayotgan turlarini muhofaza qilish va mavjud o’simliklar genofondini, ularning resurslarini ilmiy asosda o’rganishdir. Shu o’rinda aytish joizki, alohida bir hududning florasini har tomonlama o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Farg’ona vodiysi o’zgacha iqlim sharoiti, tabiati va rang-barang o’simliklar olami bilan ajralib turadi. Keyingi vaqtlarda yer yuzining hamma nuqtalarida bo’lgani singari Farg’ona vodiysi ham insonlarning tabiatga, hususan o’simliklar dunyosiga nisbatan munosabati haddan ortiq kuchayib ketdi. Uning oqibatida floristik tarkibi o’zgarib ketdi. Ayrim turlar kamayib, ayrim turlarning areallari qisqarib ketdi.

Mamlakatimizning bitmas tuganmas va hilma-hil o’simliklarga boyligi uning dori-darmon olinishida katta manbaa hisoblanadi. Sintetik kimyoning tez rivojlanib borayotganligiga va ko’plab dori vositalarining kimyoviy yo’l bilan tayorlanayotganligiga qaramay hozirgi vaqtda davolash preparatlarining 40 % gacha avvalgidek o’simlik giyohlaridan tayyorlanadi.1

Giyohlarning davolash maqsadida ishlatilishi qadim zamondan mahlum. Inson tomonidan bu borada yig’ilgan bilim, amaliy tajriba bizning davrimizgacha yetib kelgan. O’simliklar florasidan foydalanish bo’yicha insonning ko’p asrlik tajribasi avloddan-avlodga o’tib, rivojlanib, dorivor o’simliklardan qo’llanish bo’yicha yangidan - yangi kuzatishlar bilan boyitib kelindi. Tabiiy fanlarning rivojlanishi bilan botanik, biolog, medik, ximiklar ko’plab dorivor o’simliklardan amaliyotda foydalanishini ilmiy asoslab berdilar va bu borada xalq tabobatini boyitdilar.

1806 yilda nemis dorishunosi Sertyurner birinchi bo’lib ko’knoridan olingan opiydan toza holda alkoloid morfinni ajratib oldi. SHu davrdan boshlab olimlar tomonidan dorivor giyohlardan alkoloid, glikozit, saponin, efir moylari va boshqalarni tabiiy holatda ajratib olish ishlari boshlandi.

Dorivor giyohlardan insonlarning turli kasalliklarini davolashda ilmiy tibbiyotda ham, xalq tabobatida ham keng foydalaniladi.

Ularning ko’plari qishloq ho’jaligi hayvonlarini davolashda ham ishlatiladi.

Ayrim o’simliklar (giyohlar) turlari madaniylashtirilgan - maxsus ho’jaliklar plantatsiyalarida yetishtiriladi, biroq meditsina, veterinariyada qo’llaniladigan giyohlarning katta qismi yovvoyi holatda o’sadigan giyohlardir. Bu giyohlar o’tloq, botqoq, o’rmon, qirlar va jarliklar temiryul polosalari, dalalar va tomorqalarda uchraydi va insonga o’z xizmatini tavsiya etadi.

Bu ishimiz xalq tomonidan dorivor giyohlardan foydalanish bo’yicha mahlumotlarni, yig’ish har xil sharoitda o’sayotgan dorivor gulhayri o’zini dorivorlik xususiyati bilan ajralib turadi. O’simlik xomashyosi: Manzarali o’simlik sifatida ekiladi.Dorivor gulxayri qadimdan tabobatda ishlatilib kelinadi. Koproq ildizidan, kamroq barglari va gullaridan foydalaniladi. Dorivor gulxayrining ildizi xidsiz, biroz shirinroq so’laksimon moddalarga ega. Ichni yumshatuvchi modda sifatida ishlatiladi.Ildizini hom vaqtida ham ‘ishirib yeyish mumkin. Bo’tqa, kisel tayyorlanadi. Unidan nonga qo’shiladi. Damlamasi – oshqozon va ichak kasalliklarida ishlatiladi. Ildizi quruq yo’talga qarshi maxsus konfetalar tayyorlashda foydalaniladi.

Barglaridan tayyorlangan damlama tomoqni gpargpara qilishda ishlatiladi. Tabbiy xolda o’sishdan tashqari qadimdan Yevro Osiyoning kop joylarida dorivor o’simlik sifatida madaniy ekiladi.

Ukrainada, Krasnadar o’lkasida madaniylashtirilib ekiladi. Otloqlarda, daryo,ariqlar bo’ylarida, qirg’oqlarda, butali chakalakzorlarda, ko’llar bo’ylarida, cho’llarda, botqoqlangan pastliklarda, sho’rlangan o’tloqlarda o’sadi. Engil nam, yer osti suvi yaqin bo’lgan tu’roqlarda ko’proq o’sadi. Ko’payishi urug’lar bilan. Sepiladigan urug’lar bir, ikki yil tinim davrida bo’ladi ba’zan ildizpoyalarini bo’lib ko’paytirishadi.

Uning dorivorligini va o’rganilgan tur polimorfizm chegarasini noaniqligini o’rganishdan iborat.

Teofrast dagpal kanopi (Abutilon theo’rastii Medic) bir yillik o’simlik bo’lib, sug’oriladigan maydonlar, dalaning chetlari, tomorqalar, bog’lar, parklarda, tabiiy xolda esa tekislik va tog’ning o’rta qismigacha bo’lgan yerlarda daryo va soylarning bo’yida, vodiylarda keng tarqalgan. Top-top bo’lib ba’zan yakka xolida o’sadi. O’zbekiston xududida Orolbo’yi, Amudaryo va Sirdaryo bo’ylarida, Farg’ona vodiysida, Surxandaryo va Zarafshon daryosi vodiylarida, Toshkent atrofi cho’llarida tarqalgan. Aloxida axamiyati yo’q, begona o’t. Lekin poyasidagi tolalar juda pishiq.


Ishning maqsadi va vazifalari:

1. Dorivor gulhayri o‘simligi har xil geografik nuqtalarda o‘sganlarini olib uni polimorfizm darajasini o‘rganish.

2. Dorivor gulxayri bo‘ritaroq, trionum turlarni o‘rganildi.

3. Bu o‘simlikda rivojlanish qayerdan qayerga qarab rivojlanayotgani va 1 ta belgi turini qanchalik o‘zgartirayotganligini o‘rganishdan iborat.

4. Bu sistematiklarga tur chegarasini aniqlashda katta axamiyatga ega.

Ilmiy yangiligi: Barg qismlarini anatomik belgilarini qiyosiy o‘rganish, ko‘pincha ilmiy adabiyotlarda berilgan og‘izcha tiplari bir biriga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qmi buni o‘rganish.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti;

1. Andijon viloyati Xo’jaobod tumanidan tumanidan.

2. Namangan viloyati Pop tumani Qamchiq dovonidan.

3. Surxondaryo viloyati Uzun tumanidan, Omonxona qishlog‘idan dorivor gulxayri.

4. Andijon viloyat Marxamat tumanidagi, bo‘ritaroq, trionum turlarni o‘rganildi.

Tadqiqot uslubiyoti va uslublari: kuzatish, solishtirish.

Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi; Dorivor Gulxayrining ba’zi dorivor xususiyatlari o‘ziga xos tomonlari o‘rganildi. Shu paytgacha gulxayrining barglaridagi og‘izcha tiplari o‘rganilgan bo‘lib, biz tadqiqotimizda uchala turning og’izcha tiplarini tadqiq va taxlil qilganmiz.

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi; dorivor gulxayri o‘simligini gulidagi og‘izchalarning tuzilishi ularning boshqa turlar bilan o‘xshashlik va farq qiluvchi tomonlari, dorivor va yem xashak sifatida xam foydalanilashi mumkin. Bu dissertasiyadan akademik litsey, kasb- hunar kollejlari va oliygoxlarda ma’ruzalarda foydalanish mumkin.

Bajarilgan ishning asosiy natijalari: O’rganilgan barcha turlarda og’izcha tiplari bir biriga solishtirib o’rganildi. Shu asosida ularning o’ziga xos aloxida xususiyatlari aniqlandi. Bu turlarning barglarida og’izcha tiplari turlicha tuzilgan ularni o’rab turuvchi xujayralar bir biridan keskin farq qiladi.

Ishning tuzulishi va tarkibi: Ushbu magistrlik desertatsiya ishi kirish 3 bob, 76 bet, 2 ta jadval va 29 rasmdan iborat. Internet ma’lumotlaridan foydalanilgan.

I - BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI

Gulhayridoshlar (Malvaceae) oilasi juda qadimiy oila hisoblanadi. Oilaning ko'plab vakillari qadim zamonlardan beri insoniyat ehtiyoji uchun ishlatilib kelinadi. Shuning uchun gulhayridoshlar oilasini ilk bor o'rganganlar xaqida aniq ma’lumotlar yo'q. Lekin ushbu oilaning sistematika, geografiya, biologiyasi, ekologiyasi, resurslari, fenologiyasi, paleobotanikasi bo'yicha turli davrlarda ko'plab olimlar tadqiqot olib borganlar.

O’zbekiston Respublikasi o’simliklar dunyosi xilma-xil va turlarga boydir. 6 tomlik kapital asar hisoblangan “O’zbekiston florasi” (Flora Uzbekistana)da 4 mingdan ziyod (4148) tur o’simliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu o’simliklar jami 1023 ta turkum va 137 ta oilaga mansubligi aniqlangan.

M.N.Abdullaeva oila bo‘yicha ko‘plagan maumotlarni “O.P. R.Opredeltel rasteniy Sredney Azii” kitobining VII tomiga kiritgan (93-105) betlar.

Ushbu oilaga kiruvchi o‘simliklarni ilk bor o‘rgangan va tartibga solib tasniflagan olim buyuk Shved olimi K.Linney hisoblanadi. Uning 1753 yildagi “O‘simlik turlari” (Speqies plantarum) kitobida butun o‘simliklar olami xaqidagi malumotlarni jamlab sistemaga solgan aynan o‘sha asarda gulhayridoshlar oilasining Respublikamiz florasida tarqalgan 7 ta turi xaqidagi malumotlar bor.

Tugmachagul (Malva L.) turkumi bo‘yicha V.V.Nikitin (1950 yil), E.Nikitin (1957 yil), Q.Z.Zokirov (1961 yil), A.Vasilchenko (1963 yillar) turli darajada tadqiqotlar olib borgan.

Baxmalgul (Alcea L.) turkumining eng kuchli bilimdoni A. Ilin hisoblanadi. U turkum taksanomiyasini aniqlashga katta xissa qo‘shgan. Yangi turlarni topgan va botanik tavsiflagan.

Bo‘ritaroq (Hibiscus L.) turkumidagi 4 ta tur intraduksiya qilingan tur hisoblanadi. Respublikamizda ushbu turlar bilan V.F.Rusanov shug‘ullangan.

Dagpal kanop (Abutilon A.) turkumi bo‘yicha shug‘ullangan olimlar qatoriga yuqorida nomlari keltirilgan olimlardan tashqari I. Bondaretko, A. Ilin, V.Fetchenko, V Kamarov, I. Ikonnikov kabi olimlar izlanishlar olib borishgan.

Chetellik olimlardan eronlik I. Riedl (I. Riedl) gulhayridoshlar oilasini asosiy bilimdonlaridan hisoblanadi u turli turkumlarga kiruvchi bir qator o‘simliklarni chuqur o‘rgangan.

M.Q.B.Robson (Robson) degan olim ham ushbu oila vakillaridan ayrimlarini o'rgangan.

Vatanimiz tabiati boy va rang-barangdir. O’lkamizda yirik tog’ tizmalari, katta tekisliklardan iborat cho’llar va adirliklar mavjud.

Etuk botanik olim, akademik Q.Z.Zokirov Zarafshon tog’ining boshlang’ich nuqtalaridan to uning quyi qismlarigacha bo’lgan yerlardagi o’simliklar qo’lamini uzoq yillar davomida o’rganish va tekshirish natijasida bu yerlarni quyidagi to’rt mintaqaga – cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalariga bo’lish mumkinligini ko’rsatdi hamda bu terminlarni butun O’zbekiston va O’rta Osiyo uchun ham tatbiq etsa bo’ladi, degan xulosaga keldi. Amaliyotda esa bu yerdagi o’simliklar dunyosining juda go’zal ekanligini kuzatdi.

O’simliklar Yer yuzasida sodir bo’ladigan jarayonlarda juda katta rol o’ynaydi. Yashil o’simliklar atmosfera havosidagi karbonat angidridi – SO2 dan va tu’roq tarkibidagi suv kabi sodda anorganik moddalardan foydalanib, Quyosh energiyasi ta’sirida, organik moddalar hosil qiladi. Va bu moddalar odamlar hamda hayvonlarning hayot kechirishlari uchun asosiy manba hisoblanadi. O’simliklar havoni karbonat angidrididan tozalaydi, uni esa tirik organizmlar nafas olishi uchun zarur bo’lgan kislorod – O2 gazi bilan boyitadi. O’simliklar insonlar uchun faqat oziq-ovqat manbai bo’libgina qolmay, balki ulardan xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida keng foydalaniladi. Masalan, dori-darmon tayyorlashda, sanoatning xilma-xil soxalari – yengil sanoatda kiyim-kechak tikishda, qurilishda keng ishlatiladi. SHu bilan birga, o’simliklar olamining ayrim vakillari odamga va qishloq xo’jaligiga katta zarar yetkazadi. Madaniy o’simliklarga zarar keltiruvchi bunday o’simliklar begona o’tlar deb yuritiladi. Koplab begona o’tlar dalalardagi madaniy ekinlarni siqib qo’yadi, ularning o’sish va rivojlanishini sekinlashtiradi va xattoki ularni nobud qiladi. SHuning uchun ularga qarshi doimiy ravishda kurash olib borish lozim bo’ladi.

Gulhayridoshlar oilasi A. L. De Jyussieu tomonidan 1789 yilda yozilgan. U davrda Hibiscaceae oilasi alohida oila hisoblangan va bu oila 1858 yilda J. T. Agard tomonidan toifalangan. Keyinchalik Hibiscaceae oilasi Hibiscus turkumi bo'lib, gulxayridoshlar oilasiga kiritilgan.

Malvaceae oilasi ko’plab belgilari bilan Bombacaceae oilasiga o’xshash bo'ladigan, ko'p vaqtlarda bu ikkala oilani birlashtirish to’g’risida fikrlar yuritilgan. Edlin (Edlin, 1935 yil) Hibiscus turkumini Bombacaceae oilasiga o'tkazishni taklif qilgan. Lekin Hatchinson (Hutchinson, 1967 yil) shunday degan: "Gulxayridoshlar oilasi Hibiscaea kenja oilasi turlarisiz huddi dumsiz otga o'xshaydi".



1.2.Tadqiqot obyekti va ish uslublari

O’simlik organlarini fiksatsiya qilish uslublari va olingan ma’lumotlar tahlili

1. Tadqiqot ob’ekti. Mazkur ishning tadqiqot ob’ekti qilib O’zbekistonda keng tarqalgan Gulhayridoshlar oilasidan Dorivor gulxayri (Althea offisinalis), Dagpal kanop (G’o’zagpar) (Abutilon theophrastii), Bo’ritaroq (Hibiscus trionum) kabi vakillarining kontinental – yozi issik, yog’inlar kam, quruq xavo va kam bulutli – quyoshli kunlari ko’p bo’lgan ob-xavoda, Turkiston geografik nuqtalariga xos kulrang, jigarrang-qora tuproqli, tog’oldi va o’tloq-cho’l geografik nuqtalarida o’sgan:

1. Andijon viloyati Xo’jaobod tumani Xoji ota tog’ining1200-1300 m, balandligidan olingan o’simlik.

2.Namangan viloyati Pop tumani Qamchiq davoni yo’nalishidan.

3. Surxandaryo viloyati Uzun tumani.

4. Surxandaryo viloyati Omonxona qishlog’i.

5. Andijon viloyati Marxamat tumani.

II.2. Tadqiqot usuli:

Tadqiqot uchun 2011-2012, 2012-2013 o’quv yili mobaynida yuqorida ko’rsatilgan areallarda tabiiy xolda o’sayotgan turlardan yig’ilgan tajriba namunalari olindi.

II.2.1. Tabiiy holda o’sayotgan turlardan bargidan aprel-may va avgust-sentabr oylarida yig’ildi va aloxida markirovka kilingach 70% li spirtda fiksatsiyalandi va gerbariylar qilindi.

II.2.2. Gerbariy namunalaridan olingan barglar dastlab qaynab turgan suv bug’ida ushlanib 5-10 daqiqadan so’ng iliq suvga solinadi. Fiksatsiyalangan va iliq suvda yumshagan barg namunalarining o’rta qismidan 1 sm2 hajmda olinib, undan ustki, ostki epiderma va ko’ndalang kesmalar o’tkir ustara (lezvie) bilan kesib olindi xamda ulardan davriy (vaqtinchalik) preparatlar tayyorlandi.

Tadqiqot ob’ektidan preparat tayyorlash uchun petri kosachasi, iliq suv, bo’yok (metil qizili yoki metil ko’ki, safranin), ustara (lezvie), qisqich, pipetka, buyum oynasi, qoplagich oyna, glitserin, gigroskopik qog’oz kerak bo’ladi.

a) Ob’ekt marjon (buzina) butasining o’zagi orasiga olib kesilsa, juda qulay bo’ladi. Buning uchun marjon butasi novdasining o’zak qismidan 1-1,5 sm uzunlikda olinadi, so’ngra uning orasini o’tkir ustara (lezvie) bilan yorib, ob’yekt joylashtiriladi va ob’yektni buzina bilan birga kesib yupqa kesma tayyorlanadi.

b) Kartoshka tugunagidan to’rt qirrali 1-2 sm kubik kesib olinadi, so’ngra orasiga ob’ekt qo’yilib kesma kesib olinadi.

v) Olingan kesmalar petri kosachasida tayyorlab qo’yilgan sofranin, metilen ko’ki, metilen qizili eritmalaridan birortasida bo’yaladi. Bo’yalgan preparat markaziy qismiga pipetka yordamida 1 tomchi glitserin tomizilgan buyum oynasiga glitserin tomchisi ustiga qo’yiladi, so’ngra qoplag’ich oynaga xam 1 tomchi glitserin tomizilib ob’yekt ustiga qoplanadi.

g) Ko'ndalang kesma rangini aniqroq qilish maqsadida, kesma bo’lagi Petri chashkaga uncha quyuq bo’lmagan suv eritmasi quyiladi va unga safranin qo’shib aralashtiriladi. Kesmani ushbu bo’yoqda bo’yab, so’ngra gletsirin bilan vaqtinchalik preparatlar tayyorlanadi.

3. Barg xujayralarini aniqlashda ularning shakli, hajmi hamda ko’ndalang kesmada mezofilning tuzilishi va 1 mm2 da hujayralar soni va hajmi o’rganildi. Ma’lumotlarning matematik taxlili G.N.Zaysev (1984, 1990) uslubi asosida olib borildi.

Preparatlarni mikroskopik tadqiq qilish MBI-3 va CARL ZEISS mikroskoplari yordamida bajarildi. Rasmlar CARL ZEISS mikroskopi va ERA-6 rasm solish apparati yordamida chizildi.

Har bir turning pallabarg, yuvenil va definitiv barglaridan xamda novdalardagi quyi, o’rta, yuqori barglaridan 3-5 tagacha preparatlar tayyorlandi. Umumiy miqyosda 55 ta preparat tayyorlanib morfologik taxlilga qo’yildi.



FARG'ONA VODIYSINING TABIIY-GEOGRAFIK TAVSIFI.

Farg'ona tabiiy geografik vodiysi O'zbekistonning eng sharqida, Tyanshan va Oloy tog' tizmalari orasidagi Farg'ona vodiysida joylashgan. Bu vodiyning atrofi tog'lar bilan o'ralgan.

Farg'ona vodiysini janubdan Turkiston va Oloy, sharqdan Farg'ona va Oto'ynoq, shimoldan Chotqol, shimoli-gparbdan esa Qurama va Qoramozor tog' tizmalari, gparbdan Mo'g'ultog' o'rab turadi. Faqat gparb tomondan vodiy torgina (8-9 km) «Farg'ona» yoki «Xo'jand» darvozasi orqali Dalvarzin va Mirzacho'l tekisliklari bilan tutashib ketadi.

Farg'ona vodiysining uzunligi gparbdan sharqqa 370 km, o'rtacha kengligi 80-100 km, eng keng joyi esa sharqiy qismida bo'lib, 150 km ga yetadi. Farg'ona vodiysi bodom shakliga o'xshaydi.

Ma'muriy jihatdan Farg'ona vodisida O'zbekistonning Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari, Qirg'izistonning O'sh viloyatining bir qismi va Tojikistonning Xo'jand viloyatining bir qismi joylashgan.

Farg'ona vodiysining tekislik qismi Farg'ona botig'i deyiladi, uning atrofmi geologik xususiyatlari va reliefi jihatidan bir-biridan farqlanadigan adir va tog'lar o'rab turadi. Biz Farg'ona vodiysi deganda vodiyning O'zbekistonga qaraydigan qismini tushunamiz va chegarani shartli ravishda respublikaning davlat chegarasi orqali o'tkazamiz.

Farg'ona vodiysi tektonik botiqdan iborat bo'lib, asosan prolyuvial-allyuvial jinslar bilan to'lgandir. Vodiyning atrofmi esa yosh (antropogen) burmalardan iborat mintaqa o'rab olgan. Bu yosh strukturani «adir» yoki «adir burmasi» deb yuritadilar. Farg'ona botig'i esa yosh cho'qindi jinslardan iborat bo'lib, neogen davrining oxiri va quyi antropogen davrida dengizdan bo'shagan. Lekin vodiyda quruqlik hamma yerda bir vaqtda paydo bo'lmagan. Farg'ona vodiysini o'rab turgan tog'larda quruqlikning paydo bo'lish jarayoni paleozoy erasidan boshlansa, adir qismida mezazoy erasidan boshlangan. Antropogen davrida esa vodiyning tekislik qismi quruqlikka aylangan. Shu sababli adirlar zaminida bo'r davr jinslari uchrasa,vodiyning markaziy qismida yoki Farg'ona vodiysida asosan allyuvial-prolyuvial, qo'lbotqoqlik yotqiziqlari - qum, gil, qumoq va qum toshlar asosiy o'rinni egallaydi.

Farg'ona vodiysi quruqlikka aylangach, atrofidagi tog'lardan boshlanadigan daryolar tekislikka oqib chiqib, o'zi bilan olib kelgan jinslarni yotqizib, tosh, shagpallardan tashkil topgan bir qancha yoyilma konuslar hosil qilgan. Bunga Isfara, So'x, Isfayramsoy, Oqbura, Shoximardon kabi daryo va soylarning kuyar joylaridagi yoyilma konuslar yaqqol misol bo'ladi. Vodiyning chekka qismlaridagi daryolar keltirgan shagpal-toshlardan tashkil topgan yotqiziqlari vaqt o'tishi bilan konglomentlarni hosil qilgan. So'ngra uning ustini lyoss jinslari qoplab olgan. Bu yumshoq lyossimon jinslar oqar va vaqtli suvlar ta'sirida yuvilgan, vodiy atrofidagi balandliklarni bo'laklarga bo'lib yuborgan.

Farg'ona vodiysida dengiz suvi chekingandan so'ng uning markaziy qismlarida bir necha sayoz ko'llar va botqoqliklar qolgan. So'ngra ular zaminida oz miqdorda bo'lsa-da, ko'l va botqoq yotqiziqlari vujudga kelgan.

Farg'ona vodiysining atrofida to'plangan yer osti suvi reliefning nishob tomoniga, ya'ni Farg'ona vodiysining markaziy qismiga to'xtovsiz harakat qila boshlagan. Natijada Markaziy Farg'onada to'plangan yer osti suvlari sekin-asta yuzaga sizib chiqa boshlagan va sho'rxok, botqoq yerlarini hosil qilgan.

Quruq, issiq iqlim sharoitida bug'lanish ko'p bo'lib, suv tarkibidagi tuzlar yuzadan cho'kib qolgan va katta maydondagi yerlar sho'rlangan.

Farg'ona vodiysi quruqlikka aylangach, shagpal, qum, loy va lyossimon jinslardan iborat bo'lgan prolyuvial-allyuvial yotqiziqlar shamol ta'sirida to'zib, ko'chma qumlar hosil bo'lgan.

Farg'ona vodiysida mezozoy erasida sayoz dengiz suvi va botqoqliklar mavjud bo'lib, atrofida qalin o'rmonlar o'sgan. So'ngra bu o'simliklar qoldiqlari asosida ko'mir qatlamlari vujudga kelgan, paleogen davridagi suv xavzalarida yashagan hayvon organizmlarining qoldiqlari asosida neft, gaz vujudga kelgan. Shuningdek, cho'kindi jinslar bilan bog'liq holda bu vodiyda oltingugurt, tog' mumi ham paydo bo'lgan.

Farg'ona vodiysi markaziy qismiga tomon pasaya boradi, vodiyni o'rab olgan adirlarning balandligi 600-1200 m bo'lsa, Isfara daryosining yoyilma konusi 540 m, Andijon shaxri 496 m va Namangan shaxri 449 metrdir. Vodiy sharqdan gparbga tomon nishabdir: sharqda, Uchqo'rg'on qishlog'i yaqinida 500 m bo'lsa. Baliqchi qishlog'i (Norin bilan Qoradaryo qo'shilgan yer)da 393 m., Xo'jandda (vodiydan tashqarida) bor-yo'g'i 320 m.

Vodiyning markaziy pastekislik qismida cho'l landshafti xukumron, ba'zan qum massivlari va barxanlar ham uchraydi. Eng katta qum massivlari Qo'qon-Marg'ilon temir yo'lining shimoliy qismida, Qoraqalpoq, Yozyovon cho'llari nomi bilan mashhurdir. Bu yerlarda ko'chma qumlar ham bor. Bunday qumliklar Sirdaryoning chap tomonida Qo'qon-Namangan temir yo'lining gparbida ham uchraydi. Qumli yerlar Sirdaryoning o'ng tomonida ham bo'lib, faqat Qayroqqumda uchraydi. Bu qumliklar shimolda Oqbel va Oqcha tog'lari bilan janubda Sirdaryo orasida joylashgandir.

Vodiyda tipik barxanlar juda kam. O'simliklar bilan mustaxkamlangan do'ng qumlar asosiy o'rin tutadi. Do'ng qumlar Qoraqalpoq cho'lida ayniqsa ko'p. Bu yerda qum do'ngliklarining balandliklari 5-8 m, ba'zan 15 m ga yetadi. Do'nglar orasida esa sho'rxoklar, botqoqli yerlar uchraydi. Markaziy Farg'onada gparbdan esuvchi kuchli shamollar ta'sirida to'zib yuradigan qumlar ham uchrab turadi.

So'nggi yillarda Markaziy Farg'onaning tezkorlik bilan o'zlashtirilishi natijasida qumli yerlar maydoni qisqarib bormoqda. Bu yerdagi gil tuproqli yerlar o'zlashtirilmoqda. To'zima qumlar mustaxkamlanib, qumlarning ko'chishi to'xtatiladi. Mavjud ko'chma qumlar usti yulg'un, cherkaz, saksovul o'simliklari bilan mustaxkamlangan.

Markaziy Farg'onaning tabiiy landshafti odamlarning xo'jalik faoliyati tufayli bugungi kunda butunlay o'zlashtirildi. Reliefi past-baland bo'lgan yerlar tekislandi, kanal va ariqlar qazilib, suv keltirildi. Natijada ilgarigi qumli cho'llar o'rnida hozir paxta dalalari, bog'lar, polizlar barpo etildi.

Farg'ona vodiysining iqlimi quruq, davomli, yozi issiq, qishi mo’tadil, shu kenglikda joylashgan qo'shni Toshkent-Mirzacho'l vodiydan biroz farq qiladi:

Vodiyning atrofini o'rab olgan tog'lardan esadigan sovuq havo qishda Farg'ona botig'ining markaziy qismida to'planib qoladi, natijada yanvarning o'rtacha harorati-3°C bo'ladi.

Ba'zi yillari shimol va shimoli-sharqdan sovuq havo massasi esib, tog'lardan oshib o'tadi va vodiy haroratini juda pasaytirib yuboradi. Ana shunday paytlarda eng past harorat -30, -31°C ga tushadi. Ammo qish faslida sovuqlar bilan birga, ba'zan +15°C issiq kunlar ham bo'lib turadi.

Farg'ona vodiysida bahor qisqa bolib, ob-havo tez-tez o'zgarib gox isib, gox sovib ketadi. Harorat ba'zan aprel oylarida +27, +36 °C gacha ko'tarilsa, ba'zan -3,-5 °C gacha pasayib ketishi mumkin. Bahorda ob-havoning bunday tez-tez o'zgarib turishi erta gullaydigan o'simliklarga salbiy ta'sir etadi. Bahorda oxirgi sovuq tushadigan kunlar 1 aprelgacha (Quvada) davom etadi. Vodiyda bahorning ohirlarida kuchli shamollar esib, jala tarzida yomg'irlar va xatto, do'l ham yog'ib, ekinlarga va mevalarga zarar yetkazadi. Tog' va adirlarga yoqqan jalalar tufayli sellar ham vujudga kelib, xalq xo'jaligiga zarar keltiradi. Shu sababli hozir selga qarshi kurashish uchun vujudga kelishi mumkin bo'lgan soylar to'silib, kichik suv omborlari va hovuzlar qurilmoqda, tog' yonbag'irlarida zinapoyasimon ixota o'rmonzorlari tashkil etilmoqda.

May oyining ikkinchi yarmidan boshlab havo isib ketadi, yog'in miqdori keskin kamayadi, haqiqiy issiq yoz fasli boshlanadi. Farg'ona vodiysida yoz issiq (iyulning o'rtacha harorati 26-27°C,maksimum harorat 40-42°C bo'lib, uzoq davom etadi, vegetatsiya davri 235-240 kun). Ijobiy haroratlarning yig'indisi 4000-4800°, bu esa vodiyda paxta kabi texnika ekinlarining, anor, anjir kabi subtropik o'simliklarning o'sishi uchun qulay imkoniyat beradi. Bir yilda faqat 50-62 kun davomida harorat 0°C dan past bo'ladi.

Farg'ona vodiysida kuz fasli o'rtacha haroratning sezilarli (oktabrda o'rtacha harorat 12-13°C atrofida) pasayishi, bulutli kunlarning tez-tez takrorlanib, yog'inlarning bo'lib turishi bilan tavsiflanadi. Kuzning ikkinchi yarmida harorat keskin pasayadi va birinchi kuzgi sovuq tushishi (o'rtacha) 15-17 oktabrlardan boshlanadi.

Vodiyda yog'in miqdori 98-226 mm. Lekin yog'in miqdori hududning hamma yerida bir xil emas. Agar vodiyning gparbiy qismida (Qo'qon) 98 mm yog'in tushsa, sharqiy qismida (Andijon) 226 mm yog'in yogpadi. Buning asosiy sababi shuki, vodiy relefi gparbdan sharqqa balandlashib boradi.

Farg'ona vodiysining Toshkent-Mirzacho'l vodiysidan yana bir farqi shundaki, u yerda nisbiy namlik ko'p (avgust oyida soat 13 da 32-39 foiz) va yillik yog'in miqdorining 1-16 foizi yozda yogpadi. Vaholanki, Toshkent-Mirzacho'l vodiysida yozda yillik yog'in miqdorining faqat 6-12 % tushadi.

Yillik yog'in miqdorining 35 % dekabr-fevral oylariga, qolgan qismi esa bahor va kuz oylariga to'g'ri keladi. Qish oylarida ba'zan qor yog'sa-da, lekin u juda yupqa bo'lib, uzoq saqlanib turmaydi. Vodiyda bir yilda 30-48 kun qor erimay turishi mumkin.

Vodiyda kuchli shamollar tez-tez takrorlanib turadi. Ayniqsa bahorda esgan kuchli shamollar tuproq qatlamining ustki qismini uchirib, chang-to'zon vujudga keltiradi. Bu kuchli shamollar ichida "Qo'qon" va "Bekobod" deb ataladigan shamollar harakterlidir. Bu shamollar vodiyda oktabr oyidan mart oyigacha hukumronlik qiladi. Shamol ayniqsa qishda vodiyning sovib ketishi natijasida, uning sharqida antitsiklon, gparbda - Mirzacho'lda siklon turganda kuchayadi. U Farg'ona vodiysida Mirzacho'l tomonga (Bekobod) qarab sekundiga 15-40 m tezlikda esadi.

Bahor va kuz oylarida esa Mirzacho'l tomondan Farg'ona vodiysi tomon esgan (Qo'qon) shamolining tezligi sekundiga 25 m ga yetadi. Farg'ona vodiysida tog'-vodiy hamda fyon tog'lardan pastga qarab esadi. Tog'lardan pastga esayotgan havo zichlashib, isiydi, natijada havoning harorati 20-24°C gacha ko'tarilib, qorlar tez eriy boshlaydi.

Farg'ona vodiysida yoz oylari esgan shamollar ba'zan garmsel harakteriga ega bo'lib, qishloq xo'jalik ekinlariga zarar keltiradi. Shu sababli vodiyda shamollarning kuchini va zararini kamaytirish maqsadida katta maydonlarda ihota daraxtzorlari barpo etilgan. Farg'ona vodiysidagi daryo va soylarning barchasi atrofini o'rab olgan tog' tizmalaridan boshlanadi. Bu daryolarning ko'pchiligi

Farg'ona vodiysida butunlay sug'orishga sarf bo'lib, Sirdaryoga yetib kela olmaydi. Vodiydagi eng katta va sersuv daryolar Norin, Qoradaryo va Sirdaryodir.

Norin daryosi Markaziy Tyanshan tog'laridan boshlanuvchi Kichik va Katta Norinning qo'shilishidan vujudga keladi. Norin qor va muzlarning erishidan to'yinadi. Shu sababli Uchqo'rg'on shahri yonida bir yilda o'rtacha sekundiga 427 m3 suv oqsa, shuning 44,9 % mart-iyun oylariga to'g'ri keladi. Yillik oqimning 35,9 % iyul-sentabrga, 19,2% oktabr-fevral oylari to'g'ri keladi. Norin daryosi Namangan viloyatining Baliqchi qishlog'ida Qoradaryo bilan qo'shilib, Sirdaryo nomini oladi.

Qoradaryo Farg'ona va Oloy tog'laridan boshlanuvchi Tor va Qorag'o'lja daryolarining qo'shilishidan vujudga keladi. Qoradaryo qor va muzlarni erishidan to'yinadi. Uning yillik o'rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog'i yonida sekundiga 123 m3 bo'lib, shuning 46,4 foizi mart-iyun oylariga, 14,4 foizi iyul-sentabr oylariga va 39,2 foizi oktabr-fevral oylariga to'g'ri keladi.

Sirdaryo Norin va Qoradaryoning qo'shilishidan vujudga kelib, uni 300 km qismi Farg'ona vodiysi xududidan oqib o'tadi. Uning yillik o'rtacha oqimi Kalqishloq yonida sekundiga 503 m3 bo'lsa, Qizilqishloqda (vodiyning eng gparbiy qismida) sekundiga 570 m3. yillik oqimni 100 foiz desak, shundan (Kalqishloq yonida) 45,3 foizi mart-iyun, 27,4 foizi iyul-sentabr, 27,3 foizi oktabr-fevral oylariga to'g'ri keladi.

Farg'ona vodiysini o'rab olgan tog'lardan juda ko'p soy va daryolar oqib, sug'orishga sarflanishi tufayli Sirdaryoga yetib kelmaydi. Bu daryolar suv rejimiga ko'ra 3 turkumga bo'linadi.

a) Farg'ona tizmasining gparbiy yon bag'ridan boshlanib, vaqtincha qorlardan to'yinadigan daryolar (Yassi, Ko'gart, Qorao'ngur, Moylisuv daryolari). Bu turli daryolarning suvi may oyida ko'payadi, iyul-sentabr oylarida esa suvi kamayib qoladi, yillik suv miqdorining 19-21 foizi ana shu oylarga to'g'ri keladi.

b) Qurama va Chotqol tog'laridan boshlanadigan daryolar. Bu yerdan 30 ga yaqin daryo va soylar boshlanadi, ulardan eng muhimlari - G'ovasoy, Kosonsoy,

Pochchaota, Sumsarsoy, Qorasuv, Chodoqsoy. Bu daryolar tog’liarning baland qismlaridan boshlanganligidan suvlari may-iyun oyida ko'payadi.

v) Turkiston va Oloy tog'laridan boshlanadigan daryolar. Bulardan eng kattalari - Xo'jabaqirg'on, Isfara, So'x, Shoximardonsoy, Isfayramsoy, Aravonsoy, Oqbura, Qurshob. Bu daryolarning ko'pchiligi Oloy tizmasining doimiy qor, muzliklaridan to'yinganligidan suvi iyul-avgust oylarida to'lib oqadi, mart-aprelda esa sayoz bo'lib qoladi. Iyul-sentabr oylarida yillik suv miqdorining 40 foizi, ba'zi daryolarda So'x, Isfara suvning hatto 60 foizi oqadi.

Tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, vodiyda juda katta yer osti suv havzasi bo'lib, bu suv turli xil jinslar (ayniqsa antropogen davrning qum, shagpal, konglomeratlari) orasida qatlam-qatlam bo'lib joylashgan. Bu suv qatlamlari vodiyning relfiga, suv saqlovchi jinslarning qalin-yupqaligiga qarab bir necha metrdan 100-150 m gacha, ba'zan 300-350 m gacha va xatto 450-500 m gacha chuqurlikda joylashgan. 500-600 m chuqurliklardan ham hozir yaxshi sifatli suv chiqarilmoqda.

Ayniqsa Markaziy Farg'ona yer osti suviga juda boy bo'lib, kuchli bosimga ega. Shu sababli, u parmalansa yer betiga o'zi otilib chiqishi mumkin. Shuning uchun ham bu yerda 400 dan ortiq artezian quduqlari qazilgan.

Gidrogeologlarning ma'lumotiga ko'ra, Farg'ona vodiysida yer osti suvlarining dinamik zabasi katta bo'lib, sekundiga 257 m3 ni tashkil etadi. Lekin hozirgacha shundan faqat seekundiga 13,0 m3 miqdoridagisi foydalinmoqda. Fang'ona vodiysining 1500-3000 m chuqurliklaridan issiq mineral suvlar: Chortoq, Chust, Go'rtepa, Qiziltepa kabi joylaridan chiqadi. Bu yerdagi termal yer osti suvlarining harorati 40-75°C ga yetadi. Mineral miqdori juda ko'p (xilma-xildir). Tarkibida yod, brom, sulfld, radon va boshqa moddalar bor. Bu esa vodiy yer osti suvlaridan faqat sug'orishda, shahar va ishchi posyolkalarni, qishloqlarni, kommunal xo'jalikni suv bilan ta'minlashdagina emas, balki davolanishda ham foydalanish uchun imkon bergan (Chortoq kurorti). Vodiy O'zbekistondagi eng muhim obikor dehqonchilik rayoni bo'lib, tuproq qadim zamonlardan beri ishlab kelinadigan madaniy voha tuprog'iga aylangan. Shu sababli, tuproqlar tabiiy holda ko'proq vodiyning chekka qismidagi o'zlashtirilmagan yerlarda va ayniqsa Markaziy Farg'onadagi Qoraqalpoq cho'lida qisman saqlanib qolgan. Qoraqalpoq cho'lida ko'chib yuruvchi qumlar va soz (gilli), sho'rxok tuproqlar hamda taqirlar uchraydi.

Vodiyning Sirdaryo vodiysida esa sho'rtob, allyuvial-o'tloq va botqoq tuproqlar ham mavjud. Vodiyning adir bilan tutashgan qismlarida och yoki tipik bo'z tuproq bo'lib, vohani halqa kabi o'rab olgan. Vodiyning o'simlik qoplami ham tabiiy holatni juda kam saqlab qolgan. Sug'orilib dehqonchilik qilinadigan juda katta xududlarda tabiiy o'simlik juda kam bo'lib, faqat vodiyning markaziy qismida va adirlarga yaqin rayonlarda ozmi-ko'pmi uchraydi.

Farg'ona vodiysining adirlarga tutashgan yerlarida rangn, qo'ng'irbosh, shaytonkovush kabi o'simliklar o'sadi. Ko'p yillik o'simliklardan oq kurvak, oq shuvoq, minbosh, ba'zan qizil burgan kabilar ham mavjud.

Okrugning markaziy qismidagi sho'rxok yerlarda pashmak, baliqko'z, seta, sho'ra ko'p bo'ladi. Bulardan tashqari, bu qismda yulg'un va ayrim efemerlar ham o'sadi. Qator-qator qum tepalari bo'lgan yerlarda esa juzg'un, quyonsuyak, qizilcha, tariqbosh, qizilcho'p, urg'ochi selin o'sadi. Sirdaryo qayirlarida yantoq, yulg'un, grunt suvi yer betiga yaqin bo'lgan joylarda hamda ariq bo'ylarida qamishzorlar ko'p. Dehqonchilik qilinadigan hududlarda yantoq, eshaksho'ra, kakra kabi o'simliklar o'sadi.

Vodiyda eng ko'p uchraydigan hayvon turlaridan kalamush, qo'shoyoq, ko'rsichqon, bo'rsiq, bo'ri, tulki, jayra, ilon, kaltakesaklar, qushlardan esa chumchuq, chug'urchuq, so'fito'rgpay; to'qay hayvonlaridan chiyabo'ri, g'oz, loyxo'rak, o'rdak, qirg'ovullarni aytib o'tish mumkin.

Farg'ona vodiysining tabiati go'zal, shifobaxsh va tabiiy resurslari xilma-xil bolganligidan uni Turkistonning "durdonasi" deb aytishadi. Farg'ona vodiysining muhim tabiiy resurslaridan biri, uning qazilma boyliklaridir. Bu yerda qazilma boyliklar ko'p bo'lib, eng muhimlari neft, tabiiy gaz, oltingugurt, tog' mumi, volfram, molibden, rux, margenets, dala shpati, o'tga chidamli gil, har xil qurilish materiallari, kaliy tuzi va shifobaxsh yer osti suvlaridir.

Vodiyning ikkinchi muhim tabiiy resurslari uning iqlimi va hosildor yerlaridir.

Vodiydagi daryo va soylar ham uning muhim tabiiy resurslaridir. Bu tabiiy resurslardan unumli foydalanish maqsadida vodiyda Shimoliy Farg'ona (uzunligi 133 km, sug'oriladigan maydonni 70 ming ga,) Janubiy Farg'ona (uzunligi 3 km, sug'oradigan maydoni 71 ming ga), Katta Farg'ona (uzunligi 249 km, sug'oriladigan maydoni 270 ming ga), Katta Andijon (uzunligi 109 km, sug'oradigan maydoni 141 ming ga) kabi magistral kanallar hamda Farg'ona (Quvasoyda, suv sig'imi 216,5 mln. m3), Kosonsoy (Kosonsoyda suv sig'imi 160 mln. m3) suv omborlari qurilgan.

Suv resurslaridan yanada samarali foydalanish maqsadida Qoradaryoning Kampirrovot darasida Andijon suv ombori, Pochchaota soyida Zarkat suv ombori qurilgan. Vodiyda Chortoq, Chimyon, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Shirmonbuloq, Qo'tirbuloq kabi shifobaxsh va ma'danli suvlar bo'lib, undan foydalanish uchun sanitoriy va davolanish muassasalari qurilgan.

Farg'ona vodiysi o'z navbatida Markaziy Farg'ona va Adirlar deb ikkita tabiiy-geografik rayonga bo'linadi.

1. Markaziy Farg'ona tabiiy - geografik rayoni o'z ichiga vodiyning akkumulyativ tekislik qismini olib, atrofmi adirlar o'rab olgan.

Rayon yer usti tuzilishi jihatidan tekislik bo'lib, unda Sirdaryoning yangi va uchta eski qayirlari joylashgan hamda allyuvial yotqiziqlardan (shagpal, qum, lyossimon, qumoq) tashkil topgan. Tekislikning markaziy qismida qumliklar, taqirlar va sho'rxoklar uchraydi.

Rayonda joylashgan Sirdaryoning uchunchi eski qayiri esa tog’lardan boshlanuvchi daryo va soylar keltirgan yoyilmali prolyuvial tekisliklarga tutashib ketadi.

Iqlimiy sharoiti jihatidan atrofni o'rab olgan adir tabiiy-geografik rayonidan kam farq qilib, qishi uncha sovuq (yanvarning o'rtacha harorati - 2°C) emas, lekin yozi issiq (iyulning o'rtacha harorati 26-26,8 °C ) va quruq bo'lib, vodiydagi eng kam yog'in tushadigan (yillik yog'in miqdori 100-150 mm) xudud xisoblanadi.

Rayon xududida faqat Sirdaryoning yangi qayiri va markaziy qismidagi kichik qumliklar hamda sho'rxok joylargina o'zlashtirilmagan, xolos.

Markaziy Farg'ona tabiiy-geografik rayoni quyidagi landshaftlarga bo'linadi.

1. Rayonning markaziy qismida joylashgan oq saksovul va qumda o'sadigan psammofit o'simliklar mavjud bo'lgan delta tekisliklarda joylashgan qumlik landshafti.

2. Rayonning markaziy qismidagi bir yillik sho'ra o'suvchi pastqam joylardan iborat bo'lgan sho'rxokli delta landshafti.

3. Sirdaryoning qayirlarida joylashgan, qamish va to'qay o'simliklari o'suvchi o'tloq-allyuvial, o'tloq-botqoq tuproqli tekisliklar landshafti.

4. Rayonning asosiy qismini tashkil etgan madaniy landshaft.

Adirlar tabiiy geografik rayoni o'z ichiga Markaziy Farg'ona tabiiy-geografik rayonning atrofmi o'rab olgan adirlarni oladi.

Adirlar paleogen-neogen va antropogen davrlarining tog' jinslaridan tashkil topgan bo'lib, mutloq balandliklari 400-500 m dan 1000-1200 m gacha boradi. Adirlar asosan konglomerat va chaqir joylardan iborat bo'lib, ba'zi joylari lyoss bilan qoplangan. Adirlar past-baland bo'lib, ko'p joylarni soy hamda jarlar kesib o'tib, alohida-alohida qismlarga bo'linib ketgan. Adirlar qurg'oqchil xususiyatiga ega bo'lib, ko'p joylari shagpal va chaqir toshli, o'simliklar juda siyrak o'sadigan bedlend joylarni eslatadi.

Vodiyning janubiy qismidagi adirlarni (So'x daryosidan gparbda bo'lganini) Chimyon, Qopchigpay, Naymon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk kabi nomlar bilan tanishadi.

Markaziy Farg'onada tabiiy-geografik rayonning shimoliy qismidagi adirlar Digmay, Ispisor, Supatog', Oqbel, Oqchol, Chust, Pop, Namangan, Maylisoy kabi nomlar bilan ataladi.

Shimoliy xususiyatlarga ko'ra vodiyning shimoliy va janubiy qismidagi adirlar bir-biridan farq qiladi. Janubdagi adirlarda yozgi harorat shimoldagi (Quyoshga qaragan adirlarga nisbatan) adirlardan bir oz past, yog'in kamroq.

Adirlar tabiiy-geografik rayonlarida quyidagi landshaft turlari uchraydi.

1. Farg'ona vodiysining shimoli va janubida joylashgan, asosan shuvoq o'suvchi, ko'p qismlari shagpaldan iborat bo'lgan chaqir toshli va skeletli tipik bo'z tuproqlar tarqalgan adirlar landshafti.

2. Farg'ona vodiysining shimoli, shimoli-sharqida joylashgan efemer va efemeroid o'simliklari o'suvchi, yengil mehanik tarkibga ega bo'lgan och bo'z tuproqli adirlar landshafti.

3. Farg'ona vodiysining shimoli-gparbida joylashgan, siyrak holda shuvoq o'suvchi, chaqir toshli tipik bo'z tuproq tarqalgan adirlar landshafti.

4. Adirlar orasida joylashgan va xo'jalikda o'zlashtirilgan madaniy landshaft.

  1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə