Alisher navoiy nomidagi samarqand davlatuniversiteti




Yüklə 47.01 Kb.
tarix24.04.2016
ölçüsü47.01 Kb.


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLATUNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI “O’ZBEKISTON TARIXI” KAFEDRASI


KURS ISHI
1- BOSQICH O’ZBEKISTON TARIXI MAGISTRATURA YO’NALISHI

FAN :“O’ZBEKISTONDA YER-SUV MUNOSABATLARI TARIXI

(QADIMGI DAVRDAN HOZIRGI KUNGAChA)”
MAVZU: XX asrning 20-30 yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohatlari va uning oqibatlari

BAJARDI : DJUMANOV SANJARBEK
TEKSHIRDI : DOTS. R. XOLIQULOV


SAMARQAND--2012




Mavzu: XX asrning 20-30 yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohatlari va uning oqibatlari

Reja:
Zarafon vohasida dehqonchilik madaniyatining taraqqiyoti

XX asrning birinchi yarmida Zarafshon vohasida agrar munosabatlar

O’zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohatlarining bosqichlari

Yer-suv islohatlarining amalga oshirilishi va bu islohatning salbiy oqibatlari



Kirish
Mamlakatimiz tarixini o’rganish jarayonida hududimizda kechgan suronli voqea hodisalar turli tumanligi bilan xarakterlidir. Yurtimizda hukm surgan turli davlatlar hukmdorlari xalqqa, mol-mulkka, yer-suvga, madaniy ma’rifiy sohalarga turli munosabatda bo’lganlar va ularning o’ziga xos jihatlari turli xilda namoyon bo’ladi. Lekin ular qay tartibda hukmronlik qilmasinlar mohiyat bir xilligicha qolavergan ya’ni xalqni imkon qadar itoatda tutish, soliqlar to’plash, jamiyat hayotini barqaror tarzda rivojlanishini ta’minlash, turli obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo’lish, ilm-ma’rifatga homiylik qilish va hokazo. Ammo yurt bosqinga uchragan, istibdod sirtmoqlari xalq bo’yniga solingan va mamlakat parokandalikka uchrab, xonavayron bo’lgan bir paytda yuqoridagi ezgu amallarni amalga oshirish haqida so’z ham bo’lishi mumkin emas edi. Shu sababli mamlakatimiz istiqlolga erishgan ilk kunlardan boshlab yurtimiz tarixini mukammal o’rganish, unda kechgan voqea hodisalarini bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona yoritish va undan tegishli xulosalar chiqara bilishimiz lozimligi kun tartibiga qo’yildi. Mamlakatimizda kechgan yer-suv munosabatlari tarixini o’rganish va uni xolisona tahlil etish yurtimiz tarixini mukammal tarzda o’rganish imkoniyatlarini beradi. Ayniqsa yurtimizda hukm surgan so’nggi mustamlakachilik davri hisoblanmish mustabid sovet tuzumi ozining g’ayriinsoniy va iqtisodiy qonuniyatlarga tamomila zid bo’lgan siyosati bilan yurtimizni talagan ozidan oldingi bosqinchilardan o’zib ketdi. Bu tuzum yurtimiz boyliklarini talagani holda mamlakatimizdagi asrlar mobaynida tarkib topgan yer-suv munosabatlarini o’z manfaatlariga to’la bo’ysundirib, mo’may daromad olishga intildi. Bu borada XX asrning 20-30 yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohatlari va uning oqibatlari haqida bilish va uni keragicha tahlil etish muhim ahamiyatga egadir. Zero yurtimiz iqtisodiyotini tanazzulga olib kelgan bunday g’ayriinsoniy siyosatning mohiyatini bilish , uni anglash har bir yosh avlod ongida vatanni asrashga bo’lgan intilishni kuchaytiradi.

1. Zarafon vohasida dehqonchilik madaniyatining taraqqiyoti

Qadimdan Zarafshon vohasida dehqonchilik va dasht jamoalari o’zaro madaniy aloqada bo’lib kelishganligi ular yaratgan moddiy madaniyatda namoyon bo’lgan. Bu madaniy aloqalar keyingi tarixiy taraqqiyot bosqichlarida ham davom etgan. Xususan, dasht hududlarini o’zlashtirilishi va u bilan bog’liq sug’orish inshootlari qurilishi ham shu jarayonlarning tadrijiy davomi hisoblanadi.

Samarqand viloyatini suv bilan ta’minlovchi asosiy manba Zarafshon vohasidir. O’rta Zarafshon daryosining asosiy iste’molchilari Samarqand, Buxoro, Zarafshon okruglari bo’lib, 1926 -1927 yillarda 165 ta har xil kattalikdagi ariqlar shu daryodan suv olgan. Bu ariqlarning atrofidagi sug’oriladigan yerlar maydoni 100 gektardan 80 ming gektargacha bo’lgan.

Bu inshootlarning ta’mirlanishi katta kuch va xarajatlarni talab etgan, suv chiqarishning boshqarilishi qiyinligi, zamonaviy mukammal-lashtirilgan regulyator yo’qligi, suv umumiy massasining rayonlarga bo’lib byerilishida qiyinchilik tug’dirib, yer maydonlarining katta qismini qurib borishiga olib kelgan.

Mirzaariq magistral kanali Zarafshondan boshlanib 20 kub metr suv hajmiga ega bo’lgan. Mirza ariq Bulung’urga quyilgan va u yerda asosan sholi ekilgan. Magistral Payarig’i (hozirgi Payariq) Bulung’urdan boshlanib, Mirzoariqning davomi hisoblanadi va u 5 ta katta ariqqa bo’linadi.

To’qizariq bo’limi shart-sharoitiga ko’ra yuqoridagi ikkitasiga o’xshamaydi. Nomidan kelib aytish joizki, bu ariq 9 ta mustaqil kanallardan iborat. Ular suvni Oqdaryodan olgan. Bu bo’limda suv etarlicha bo’lgan. Boshqa ekinlar ekish foydasizligi uchun sholi va boshqa ziravor o’simliklar, poliz ekinlari, oz miqdorda paxta ekilib,moy byeradigan o’simliklar ekilgan. Beda umuman o’smaydi.

O’sha davrning eng yirik suv xo’jaligi obekti bo’lgan Zarafshon daryosidagi Ravotxo’ja to’g’oni 1916 yilda qurilib bitkazilmagan eski to’g’on ustiga qayta qurilgan. I.I.Levi loyihasi bo’yicha qurilgan Ravotxo’ja to’g’oni suvni Zarafshondan sekundiga 1350 kub metr tezlikda suv o’tkazish kuchiga ega bo’lib, 1921 yilgi kuchli toshqin vaqtida sekundiga 900 kub metrli bo’lgan suv toshqinidan 1,5 barobar kuchliroqdir. To’g’on 1927-1929 yillarda qurilgan bo’lib, uning ochilishi 1930 yilning 2 mayida bo’lib o’tgan. U bir to’g’on va ikki regulyatordan iborat bo’lib ular daryoning ikkala qirg’og’i bo’ylab magistral kanallarni suv bilan ta’minlagan. Samarqand viloyatida sug’oriladigan yerlarning kattagina qismi shu to’g’on yordamida sug’orilib, suv taqsimlanishi idora qilingan. Ravotxo’ja suv olish inshooti xizmatidan foydalangan rayonlar o’zining asosiy o’rni va vodiyga yaqinligi bilan bu suvlarning eng asosiy iste’molchilari xisoblanadi.

1926 yilda mazkur rayonlar vodiyning ekin ekiladigan yer maydonlarining 34,5 % ga ega bo’lib, Zarafshon daryosining 42,7 % umumiy hajmdagi oqar suvlaridan foydalangan. Katta miqdordagi suvni vodiyning yuqori qismida sarflanishi Buxoro vohasiga suv taqsimlashni chegaralab qo’ygan. Shuning uchun bu yerda 1928 yilda sug’orishga mo’ljallangan 73143 gektar yerdan faqatgina 48031 gektar yer yoki 70 % yerlar ishlatilgan. Zarafshon daryosini sug’orish sistemasining ekspluatasion xarajatlari uncha katta bo’lmagan. 1925/1926 yillarda ular bir yarim million rublni yoki o’rta hisobda har bir xo’jalikka 7 rubl 49 tiyin, 1 gektar yerga esa 4 rubl 22 tiyin to’g’ri kelgan.

1926 yilda amalga oshirilgan yirik ishlar qatoriga 1925 yil oktyabrida qaytadan yo’lga qo’yilgan Xo’jand uezdining Nov rayonidagi Qurqat kanali ham kiradi. Kanalning bosh qismi qayta qurilib, unga regulyator moslamalari qurildi va tog’ cho’qqisidan o’tadigan 1017 metrli tunnel’ qurildi. Qurqat kanalini qayta ta’mirlash uchun olib borilgan asosiy ishlar 1926 yilning 1 mayida tugallandi. Bu vaqtga kelib Samarqand suv xo’jaligi tomonidan yangi yerlarni o’zlashtirish va ekin ekiladigan dalalarga suvni o’z vaqtida etkazish uchun 1920330 rubl sarflangan bo’lib, shundan 285 ming rubl Qurqat kanali uchun ajratilgan.

1926 yili Samarqand suv okrugi bo’yicha Qoradaryo suv taqsimoti ostki to’g’oni qurib bitkazildi, Yangiariq, Qoratepa va Toshtepa soylari kesuvida

akveduk (osma quvur) lar qurish ishlari olib borildi.

Davlat tomonidan 7000 rubl 10000 gektar yangi yerlarni loyihalash va tadqiqot ishlari uchun ajratildi. Samarqand shahridan 8 km uzoqlikda joylashgan Tollig’ulon suv dambasi qurilishi rejalashtirilgan. Bu inshoot 15 ming gektar yerni sug’orish kyerak bo’lib, Samarqanddan 25-40 km uzoqlikda joylashgan Polvon, Oq Sharshar, Sabaloq, Mitan, Qora, Tuyatortar, Oq ko’l, To’g’iz, Qoraqat kanallarida beton suv chiqarish tarmog’i qurish rejalashtirilgan. Umumiy hajmda ular 6 ming gektar yerni sug’orish kyerak edi. Mazkur kanallarda qurilish ishlari uchun 26840 rubl ajratilgan. Yuqorida aytib o’tilgan barcha qurilish ishlari 1920330 rublni tashkil etadi. Bu mablag’ning asosiy qismi davlat byudjeti hisobidan edi.

Suv inshootlari qurilishida hashar ishlari ham amalga oshirilgan bo’lib, 1924 yilda 800 ming rubllik, 1925 yilda tozalash va mayda ta’mirlash ishlari bo’yicha 941388 rubllik,1926 yilda esa 947040 rubllik ish hajmi bajarildi





XX asrning birinchi yarmida Zarafshon vohasida agrar munosabatlar



Yer-suv islohoti davrida “Qo’shchi” ittifoqlarining birlamchi vazifasi meliorativ shirkatlarni rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat bo’ldi. Turkiston ASSRda meliorativ shirkatlari 1923 yildan tashkil qilina boshlangan bo’lib, lekin ularning soni oz miqdorda edi. 1924 yilda 9 ta meliorativ shirkatlari tashkil qilingan bo’lib,ulardan 2 tasi Samarqand viloyatida faoliyat ko’rsatgan.

1925 yilda qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun O’zbekiston suv xo’jaligi tomonidan meliorativ ishlar uchun 200 ming rubl ajratilib, ular sug’orish sistemasini rivojlantirib borish uchun ishlatilgan. “Qo’shchi” ittifoqining ishtirokida 1925 yil oxirigacha Respublikada 52 ta meliorativ shirkatlar tuzilgan bo’lsa, 1926 yilning 1mayiga kelib 118 ta meliorativ shirkatlar faoliyat olib borgan. Shu yilning 15 iyuliga kelib faqatgina Samarqand viloyatida 29 ta meliorativ shirkatlar tuzilib,ularga 10 mingta dehqon xo’jaliklari birlashgan. Meliorativ shirkatlarning uezdlar bo’yicha bo’linishi Samarqand uezdida -18 ta, Xo’jandda-5 ta, Jizzaxda-1 ta, Kattaqo’rg’onda-1 ta, O’ratepada-1 ta bo’lgan .

Meliorasiya jamg’armasining ajratilgan maxsus mablag’idan tashqari 1929 yilda Samarqandning 29 ta meliorativ shirkatlariga yer-suv islohotiga ajratilgan ssudalardan 90 ming rubl byerilgan bo’lib, ular rejalashtirilgan yangi yerlarni sug’orish uchun sarflangan. Viloyat suv xo’jaligi Respublika davlat byudjetidan 516 ming rubl oldi va Angor, Siyob, Yangi, Pay, Polvon kanallaridan 5000 gektar yerlar sug’oriladigan bo’ldi. 1926 yil aprelida Respublika Markaziy Komiteti buyrug’i bilan 15 ming rubl pul O’zbekiston suv xo’jaligi jamg’armasidan, 3000 rubl esa Samarqand viloyati ijroiya qo’mitasi tomonidan Eski Tuyatortar kanalini tuzatish ishlari uchun ajratildi. Bu ishlar muvaffaqiyat bilan yakunlanib, kanal suvini o’tkazish kuchi sekundiga 4,5 kubometrga etdi va kanal Jizzax uezdini suv bilan ta’minlay boshladi.

To’g’onga 7,3 mln. kub metr shag’al to’kildi va bundan tashqari 4 mln.kub metr qazuv ishlari amalga oshirildi. Qurilayotgan to’g’on balandligi 13.5 metrga ko’tarildi, bu esa o’z navbatida 120 mln.kub metr suvni yig’ish imkonini byerdi.

Suv ombori loyihasini O’rta Osiyo suv ishlab chiqarish (Sazvodproiz) tashkiloti xodimlari N.G.Borodinskiy, V.N.Gladey va I.D.Lebedevlar ishlab chiqishgan. Qurilish ishlarini I.G.Burdiashvili, S.K.Kalujnyuk, Sh.Ch.Aytmetov, V.F.Shpotinlar boshqardi. Suv omborining qurilib ishga tushirilishi natijasida Samarqand va Buxoro viloyatlarida 60 ming gektar yerni sug’orish imkonini byerdi.

Katta Farg’ona kanali qurilishi davom etayotgan bir vaqtda Samarqand viloyat mehnatkashlari ham o’n kun ichida uzunligi 43 km bo’lgan Zarafshon kanali qurilishi ishlarini amalga oshirdi.

Xullas, XX asrning birinchi yarmida Zarafshon vohasi miqyosida qurilgan irrigasiya inshootlari yangi dehqonchilik vohalari yuzaga kelishiga olib kelgan. Bu esa shu hudud aholisi kundalik turmush tarzi, mashg’uloti mazmuniga ta’sir etib, o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotni shakllantirgan.


Qurolli qarshilik ko’rsatish xarakatining avj olishi, iqtisodiy va siyosiy vaziyatni ogirlashishi 20 yillarning boshlariga kelib bolsheviklarni isloxatlarini boshlashga majbur qildi.Bu yo’nalishdagi dastlabki xarakatlar 1920 yilning sentyabridan yetiboran amalga oshirila boshlagan yer-suv isloxatida o’z aksini topdi. Bolsheviklar fikricha isloxatdan ko’zlangan asosiy maqsad maxalliy axoli va boy rus dexqonlarining yer va suvga bo’lgan xuquqlarini tenglashtirish edi. Shu yo’l bilan ular maxalliy dexqonlarni o’z tomonlariga tortmoqchi bo’ldilar. Xaqiqatdan xam 1921-22 yillar davomida boy rus dexqonlarga tegishli bo’lgan yerlar musodara qilindi, o’lka xududlarda yashayotgan xam yerli va yersiz dexqonlar yer bilan tamirlandi. Isloxat davomida boy, cho’loq dexqonlar xo’jaliklari tugatildi va ko’chmanchilarni o’troq xayotga o’tkazishga ko’rsatilgan tadbirlar amalga oshirildi. Lekin vaqt o’tkan sari ana shu umuman olganda ijobiy bo’lgan tadbirlar bo’lgan qatori maxalliy sharoit milliy mentalitet xisobga olinmagan choralar xam ko’rildi. Bu choralar vaqf yerlarini musodora qilish, maxalliy axolining «mexnat bilan shugillanmaydigan yuqori qatlamlari» degan vakillarining yerlarini musodora qilish yoki kamaytirishdan iborat bo’ldi.

Maxalliy sharoit ayniqsa diniy xis tuygularni nazar pisand qilmaslik, qishloqdagi siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi va sinfiy ziddiyatlarni kuchaytirdi.

Ko’chmanchilarni o’troqlashtirishning bolshevikcha zo’rovonlik usullari bilan amalga oshirishi salbiy oqibatlarga olib keldi. Natijada ijtimoiy, sinfiy millatlararo ziddiyatlar kuchaydi. Isloxat mamlakat iqtisodiy va siyosiy xayotidagi tanglikka xam barxam byera olmas edi. Tanglikdan chiqish uchun o’lkada keng qamrovli o’zgarishlarni amalga oshirish zarur edi. Bunday o’zgarishlarni amalga oshirish zarur yekanligini markaz xam anglab yetdi. 1921 yildan yetiboran amalga oshirilgan isloxatlar yangi iqtisodiy siyosiy deb nomlandi, unga ko’ra «xarbiy komunizm» siyosatini moxiyatan belgilab byergan oziq-ovqat razvyortkasidan voz kechildi va uning o’rniga oziq-ovqat soligi joriy qilindi. Natijada qishloq xo’jaligida davlat nazorati ostida bo’lsada, iqtisodiy qonuniyatlarning amal qilinishi tiklana boshlandi. O’sha 1921 yilning o’zidayoq xosildorlik keskin ko’tarildi, ochlik chekindi va bozor jonlana boshlandi. Oziq-ovqat soligining joriy qilinishi bilan birgalikda davlat dexqonlarga agrotexnik va moliyaviy yordam byera boshlaganligi, vaziyatni yanada yaxshilashga yordam byerdi. Sanoat soxasida yangi iqtisodiy-siyosat davlatga tegishli bo’lgan mayda va o’rta korxonalarning tadbirkorlarga ijaraga berishida jismoniy shaxslarga yangi korxonalar ochishga ruxsat berishdi, yirik korxonalarning xo’jalik xisobiga o’tkazishda namoyon bo’ldi. Davlat ixtiyoridaTurkiston bo’yicha 99 tagina korxona qoldirilib, ular xam bozor qoidalariga amal qilgan xolda faoliyat ko’rsata boshladilar.

Yangi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida pul isloxati o’tkazilib yagona pul tizimi joriy qilindi. Rubl bir yilning ichida konvyertasiya qilinadigan valyutaga aylandi.

Ko’rilgan choralar 1921 yilning o’zidayoq o’z natijasini byera boshladi. 1921 yilning oxirida o’sha yilning yanvariga nisbatan Toshkent mexanika zavodida ishlab chiqarilgan maxsulot 16 barobar ko’paydi. 1924-25 xo’jalik yiliga kelib Turkiston sanoatining yalpi maxsuloti urushdan oldingi darajaning 79,4%ini tashqil qildi. Yangi iqtisodiy-siyosatga o’tilgach sanoat ishlab chiqarishning yillik o’sishi suratlari 16-18%ni tashkil qila boshladi.

Kollektivlashtirish siyosati V.I.Lenin ilgari surgan sosializm qu­rish rejasining tarkibiy qismidir. Taniqli tarixchi olima Rahima Aminova kollektivlashtirishga baho byerib bunday degan edi: «Kollektivlashtirish -ishlab chiqarishga davlat monopoliyasi o’rnatilishining naq o’zginasidir. Partiyaviy-g’oyaviy siyosat hukmronligi tufayli yuzaga kelgan kollektivlashtirish nazariyasi va tajribasi bugunga kelib chilparchin bo’ldi. Kishining ishlab chiqarishdagi mehnatiga haq to’lov o’zaro tenglik asosiga qurilganidan bu siyosat o’zini oqlamadi. Tabiiyki, moddiy manfaatdorlik bo’lmagan joyda tashabbuslar ham so’nadi. Tashabbus, izlanish bo’lmagan joyda yesa, ish orqaga ketadi. Buning ustiga hayotning o’zi kollektivlashtirish muommosini ko’tarib chiqmagan edi. Nazazariyas’hilar asrlar osha shakllanib kelgan ishlab chiqarish usullariga bepisand qaradilar. Zo’ravonlik bilan o’tkazilgan siyosat ko’plab ishbilarmon, tadbirkor odamlarning ishga, yerga bo’lgan munosabatini sovitdi. Ye’tirof yetmoq joizki, bugungi dastur­xonimizning g’aribligi ham, ko’r jihatdan qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish «samarasidir».

Sovet hukumati va kompartiya mustamlaka asoratidagi o’lka xalqlarini qul o’rnida ishlatib hisobsiz foyda va daromad olishning yeng maqbul shakli bo’lgan kollektivlashtirish siyosatini amalga oshirish uchun ayyorlik va ustamonlik bilan uzoq tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Bu borada amalga oshirilgan yer-suv islohoti muhim o’rin tu­tadi.

1920-1921-yillarda o’tkazilgan yer-suv islohotining asosiy maqsadlaridan biri, o’lkaga ko’chirib keltirilgan rus zamindorlarining yerlarini mahalliy dehqonlarning yerlari bilan tenglashtirish edi. Chunki bu rus kelgindi mujiklari Chor ma’murlaridan juda katta hajmdagi syerunum yaxshi yerlarni olgan edilar. Sovet hukumati bu bilan o’zini go’yo mahalliy mehnatkash xalqning «g’amxo’ri» va «mehriboni» qilib ko’rsatmoqchi bo’lgan edi. O’lkada yer-suv islohoti sovet hukumatining («Yer to’g’risid») gi dekreti asosida amalga oshir­ildi va uning bosh maqsadi qishloqda sinfiy tabaqalanishni kuchay­tirishdan iborat edi. Sovet va kompartiya korchalonlari bu yerda ham «bo’lib tashla, hokimlik qil)) qabilida ish yuritdilar, qishloq aholisini boy va kambag’allarga bo’lib ularning sopini o’zidan chiqarib bir-bir­lariga qarshi gijgijladilar. 1921-yilda tashkil etilgan «Qo’shchi» ittifoqi xuddi ana shu maqsadda tuzildi. 20-yillarning o’rtalaridayoq uning saflarida 160 ming nafarga yaqin a’zo bor edi. Vu ittifoqqa asosan Yer­siz va kam yerli kambag’al dehqonlar uyushar edi. Uning faoliyati bol­sheviklar tomonidan boshqarilar edi. «Qo’shchi» ittifoqi boylar va ruhoniylarning yerlarini tortib olib, yersiz va kam yerli dehqonlarga bo’lib byerardi. 1921-1922-yillarda o’tkazilgan yer-suv islohoti natijasida Sirdaryo, Farg’ona, Yettisuv viloyatlari, Turkman viloyatining Marv uyezdida 1.722.626 desyatini yer musodara qilindi. Ana shu yerlardan 117.512 desyatinasi yersiz va kam yerli o’zbek dehqonlariga byerildi va 3 ming xo’jalik tashkil yetildi. Dehqonlarga yer bilan birga­likda 1.517 ot, 87 tuya, 1042 sigir va 133 yeshaklar ham taqsimlab byerildi. Bundan tashqari qishloq kambag’allariga mehnat qurollari ham ulashildi.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm ua Qoraqalpog’iston vilo­yatlarida yer-suv islohoti 1928-1929-yillarda o’tkazildi. 1924-yil, 1-noyabrda tashkil etilgan Qashqadaryo viloyatida yer-suv islohoti 1929-yil bahorida yakun topdi. Bu o’tkazilgan tadbir natijasida katta yer yegalari yo’q qilindi, amirlikning katta amaldorlari va savdogarlari xo’jaliklari tugatildi.

Ayni paytda sovet hukumati o’z yerida halol mehnati bilan kun ko’radigan dehqon xo’jaliklami ham islohot girdobiga tortib qu­loqlarga aylantirgan, ularning yer-suvi, ot-ulovi va bor-bisotidan mahrum yetgan edi.

Qashqadaryo viloyatida ko’rsatilgan sabablarga ko’ra musodara etilgan yerlar 17.906 tanob sug’oriladigan va 7.315 tanob lalmikor zamindan iborat bo’lib, jami 2531l,23 tanobni tashkil yetgan edi.

Yer-suv islohoti 1929-yilda o’tkazilgan Qoraqalpog’istonda 300 dan ortiq yarim zamindor yer yegalarining xo’jaliklari musodara.qilindi. 5000 dan ortiq boylarning yerlari tortib olindi. Xorazm okruglda 458 xo’jalik, Farg’ona okrugida 1541 xo’jalik tugatildi. Jami bo’lib butun O’zbekis- ton bo’yicha o’tkazilgan yer-suv islo­hoti natijasida 4801 ta xo’jalik quloq xo’jaligi sifatida tugatildi, 23036 xo’jalikning ortiqcha yerlari tortib olindi, yer jamg’armasiga 474393 desyatina yer qo’shildi. U yerlar bilan birga ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilingan edi.

Mamlakatda yer-suv islohotini amalga oshirish ishlari bilan viloyat, okrug va tumanlar yer komissiyalari shug’ullandilar. Ularga yordam berish us’hun qishloqlarda yordamchi komissiyalar tuzildi.

Xullas O’zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohoti natl­jasida respublika qishloq aholisining tarkibida bir qator jiddiy o’zga­rishlar bo’ldi, Kambag’al dehqonlar kamayib o’rtahol dehqonlar salmog’i ortdi. Jumladan yer-suv islohotiga qadar kambag’al dehqonlar guruhi barcha dehqonlarning 76 foiziga teng edi. yer-suv islohotlidan keyin esa, ularning salmog’i 30 foizga qisqardi va aksins’ha o’rtahol dehqonlarning salmog’i 17 foizdan 52 foizga ortdi.

«Oktabrning o’n yillik bayrami nishonlanish arafasida O’rta Osiyo Byurosining «Za partiyu» nashri 1927-yil, sentabr sonida, kambag’al turkistonliklarning o’zlariga bo’lib byerilgan tomorqalarni avvalgi yegalariga o’z xoxishlari bilan qaytarib berishgani haqidagi bir qancha hodisalarni keltirgan. Hatto, yerlarni zo’rlik bilan mahalliy hokimiyat tazyiqida bo’lib berish hollari ham yuz byergan.



«Pravdo Voctoka» gazetasi 1928-yil, 2-sentabr sonida quyidagi juda bir qiziq rasmiy ma’lumotni byergan edi: «Boylarning o’zboshim­chalik bllan o’z yerlarni tortib olish hollari sodir bo’lgan. Bunaqa hodisalar, auniqsa Samarqand va Buxoro viloyatlarida ko’p takrorlan­moqda. ... o’z xohishlari bilan yer olishdan voz kechayotganlar ham uchrab turibdi. U yoki bu shaklda boylaming yerlarini tortib olishga uo’l qo’ygan yoki qo’l qo’ylshayotgan ba’zi qishloq va rayon ijroiya qo’mltalari xodimlriga qarshi biz qattiq choralar ko’rishimiz zarur». O’zbekistonda yer-suv islohoti o’tkazilishi davrida kompartiya va sovetlarning agrar siyosatiga qarshi norozilik harakati keng tus oldi. Natto tyerors’hilik keng tus olgan. Faqat 1928-yilning o’zida O’zbe­kistonda 218, 1929-yilda 429, 1930-yil, yanvar-aprelida 106 jami 653 tyerrorchilik hodisalari yuz bergan.


















XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki har qanday mustamlakachilikni hech qanday voqea hodisalar bilan oqlab bo’lmaydi. Garchi mustamlakachilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar ijobiy holatdek tuyulsa-da aslida uning zamirida yurt boyligini talash, imkon qadar o’z manfaatlariga bo’ysundirish va ko’proq foyda olishga intilish yotadi. Tarix shundan guvohlik beradiki har qanday bosqinchi davlat o’zi istilo etgan hududlarni ko’roq talab, yuqori foyda olishga intilib mahalliy aholining boshiga og’ir kunlarni solgan. Shu o’rinda sovet mustamlakachiligi davrida xalqimiz boshiga tushgan og’ir musibatlarni va dard alamlarni hech narsa bilan o’lchab bo’lmaydi. Shunday bo’lsa-da ota-bobolarimiz qanchalik og’ir kunlarni boshidan kechirmasinlar , istibdod kishanlari qanchalik qo’llarini bog’lamasinlar baribir hayotga bo’lgan intilishni, yorug’ kunlarga bo’lgan ishonchni yo’qotmaganlar. Mustabid sovet tuzumi davrida amalga oshirilgan ishlarda mehnatsevar xalqimizning bilak kuchi va intellektual salohiyati hal qiluvchi rol o’ynadi. Va bunda xalqimiz sovet tuzumi hukmdorlariga yoqish uchun emas balki yurtimiz obodonchiligi , uning ravnaqi hamda yorug’ kunlar uchun mehnat qildilar. XX asrning 20-30 yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohatlari davomida yo’l qo’yilgan kamchiliklar, bedodliklar, zulm va azob uqubatlarga qaramasdan xalqimiz fidokorona mehnat qildilar va o’zining mislsiz matonat hamda sabr-toqat egasi ekanligini namoyish etdilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


1. “ O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida” darslik o’quv qo’llanma 2-qism Toshkent-2000
2. “O’zbekiston tarixi” darslik o’quv qo’llanma to’ldirilgan to’rtinchi nashri Toshkent-2009
3. “O’ZBEKISTONDA YER-SUV MUNOSABATLARITARIXI

(QADIMGI DAVRDAN HOZIRGI KUNGAChA)”

mutaxassislik fanidan 1-kurs magistrlari uchun MA’RUZA MATNI

4. Mavzuga oid maqolalar muallif dots. R. Xoliqulov








Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə