Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




Yüklə 0.55 Mb.
səhifə1/6
tarix29.04.2016
ölçüsü0.55 Mb.
  1   2   3   4   5   6
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Qo’lyozma huquqida

UDK 9:78(5:6)
Xosiyatov Xurshid Otaqulovich
Sharq mamlakatlari musiqa tarixi va madaniy hayoti tarixidan.
5A 210206- «Muzeyshunoslik, konservatsiya va badiiy yodgorliklarni saqlash» mutaxassisligi

Magistr

akademik darajasini olish uchun yozilgan

dissertatsiya

Ilmiy rahbar:

tarix fanlari doktori, professor I. M. Saidov.
Samarqand – 2013
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

XOSIYATOV XURSHID OTAQULOVICH
Sharq mamlakatlari musiqa tarixi va madaniy hayoti tarixidan.
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan

dissertatsiya

Ilmiy rahbar ________________professor I. M. Saidov
Rasmiy taqrizchilar: ________________ dots.Yu. Manzarov
________________ dots. P. Xoliqulov
Magistrlik dissertatsiyasi “Tarixshunoslik va Manbashunoslik” kafedrasining 2013 yil “__”_____dagi majlisida muhokama qilingan va YaDAK himoyasiga tavsiya etilgan (8-sonli bayonnoma)
Kafedra mudiri ________________dots. B.Ergashev
Magistrlik dissertatsiyasi YaDAKning 2013 yil “__”____dagi yig’ilishida himoya qilingan va ____ball bilan baholangan. (Bayonnoma №___)

YaDAK raisi professor Q.A.Rajabov

A’zolari: ___________________

___________________


Samarqand – 2013

MUNDARIJA

Kirish ……………………….………………………………..………3

I bob. Afrika davlatlari musiqa madaniyati tarixidan…………..………8

1. Afrika shimolida joylashgan davlatlar musiqa madaniyati

tarixidan…………………………………………………….………8



2. Mag’rib, Jazoir, Tunis, Marokash, Sudan musiqa madaniyati

tarixidan………………………………………….….…..……15



I bob bo’yicha xulosa………………………………………28

II bob. Arabiston yarim orolida joylashgan davlatlar musiqa madaniyati . tarixidan……………………………………….…………...………….29

1. Mashriq, Misr musiqa madaniyati tarixidan…….…….………29

2. Iroq, Suriya musiqa madaniyati tarixidan……………….……………35

II bob bo’yicha xulosa……………………………………………43

III bob. Osiyo davlatlari musiqa madaniyati tarixidan…….…….……….44

1. Eron, Hindiston, Pokiston, musiqa madaniyati tarixidan…….…44

2. Afg’oniston, Turk, musiqa madaniyati tarixidan…………….……63

III bob bo’yicha xulosa…………………………………..……….78

Xulosa ……………………………………………...………..79

Adabiyotlar ro’yxati …………………………….……………….82


2
Ilova…………………………………………………...…………….87



KIRISH.

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi shundaki, Sharq xalqlarining musiqa madaniyatini o’rganish, unga bo’lgan qiziqish doimo jahon musiqashunoslik ilmi namoyandalarining diqqat markazida bo’lib kelgan. So’nggi yarim asr davomida musiqashunoslik ilmida ushbu masalani mazmun jihatidan o’rganishga bo’lgan ehtiyoj to’la shakllandi. Sharq xalqlarining mumtoz musiqa madaniyati, maqomot dunyosi atroflicha o’rganilib, Xalqaro forumlarda ilmiy tadqiqotlarga oid materiallarda tahlil etilib, olamshumul masala sifatida e’tirof etilmoqda. Qolaversa, ushbu soha jahonning aksariyat musiqiy oliy ta’lim muassasalarida maxsus fan sifatida o’quv dasturlariga kiritilgan. Jumladan, Respublikamizning musiqiy ta’lim yo’nalishi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida ham maxsus fan sifatida o’z ifodasini topganligini ko‘rsatib o‘tishga harakat qilingan. Bu mavzuda tadqiqot ishining olib borilishi kelajakdagi ilmiy-amaliy izlanishlar uchun imkon yaratadi. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Tarixiy tajriba, an’analarning meros bo’lib o’tishi – bularning barchasi yangidan-yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog’i lozim”.1

“Odamzod borki avlod-ajdodi kimligini nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi",- deb yozgan I.A.Karimov.2

O
3
’rta va Yaqin Sharq xalqlarining tarixiy madaniy aloqalari, jozibador Sharq ohanglarining tarovati va ta’sir kuchi hamda o’zbek musiqasining xorijiy Sharq xalqlari musiqa an’analari bilan mushtarakligini nazarda tutgan holda Prezidentimiz Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlaydilar: "Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi. Mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o’zining "Zafarnoma" kitobida Amir Temur davrida o’tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to’xtalib, "Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g’azalu naqsh aytur erdilar. Va turku mo’g’ul, xitoyu arab va ajamdir har kim o’z rasmi bilan nag’ma aytur erdi", degan ma’lumotlarni keltiradi. Mustaqillik yillarida ulug’ bobolarimizning ana shunday an’analarini davom ettirgan holda, mamlakatimizda musiqa san’atini keng rivojlantirishga qaratilgan dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mumtoz musiqiy merosimizni asrab-avaylash va o’rganish, uni yosh avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida ko’plab ko’rik-tanlovlar, nufuzli xalqaro anjumanlari muntazam ravishda o’tkazib kelinmoqda ".3

Yaqin va Uzoq xorijiy Sharq xalqlari musiqa an’analari haqida ilmiy asoslangan tizimli bilimlar doirasini hosil qilish, xalqimizning badiiy tafakkurini qo’shni xalqlar musiqa merosiga doir ma’lumotlar bilan kengaytirish va o’zbek musiqasining Sharq va jahon xalqlari musiqa madaniyatiga ko’rsatgan tarixiy ta’sirini o’rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan "Sharq va G’arb madaniyatlari" kesimida idrok etishdir.



Tadqiqot ishining ob’yektini Sharq mamlakatlarining musiqa san’ati, madaniyatini o’rganish, bu xalqlarning og’zaki va yozma manbalari, musiqiy dunyosini anglash bilan bog’liqdir. Musiqa dunyosi esa musiqachilar (xonanda va sozandalar), musiqiy cholg’ular, musiqiy janr va namunalar hamda ijrochilik an’analaridan iboratdir.

Magistrlik tadqiqotimizning asosiy obyekti Sharq mamlakatlari musiqa tarixi va madaniy hayoti tarixini yoritib berish, bu boradagi ma’lumotlarni tahlil etish tadqiqotimiz obyektidir.


4
Tadqiqot ishining maqsad va vazifalari: O’rganilayotgan mavzu nihoyatda dolzarb bo’lib, Sharq mamlakatlarining aksariyati uzoq tarixga ega ekanligi fanda ma’lum. Ulardan har biri asrlar davomida o’z madaniy an’analarining shakllanishi va taraqqiyoti bilan bog’liq rivojlanish bosqichlariga egadir. Bizgacha yetib kelgan shakllarida esa har bir xalqning o’ziga xos musiqiy folklor janrlari, betakror mumtoz musiqiy namunalar yuzaga kelganligining guvohi bo’lamiz. Ayniqsa, kasbiy musiqaning mukammal va murakkab shaklda tarkib topganligi maqomlar tizimining o’zida namoyon bo’lib turganligi ochib beriladi.

Tadqiqotimiz uchun mazmun etib tanlangan mavzuning asosiy maqsadi, qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi masalalrni hal etishga harakat qilingan:



  1. Sharq mamlakatlarining musiqa san’ati va madaniyatini o’rganish.

  2. Sharq xalqlarining og’zaki va yozma manbalari, musiqiy dunyosini anglash.

  3. Sharq mamlakatlarining musiqa dunyosi musiqachilar (xonanda va sozandalar), musiqiy cholg’ular, musiqiy janr va namunalar hamda ijrochilik an’analarini yoritib berish.

  4. Jahon musiqashunoslik sohasida yaratilgan manbalar bilan tanishtirish eng muhim masalalardan biridir.

Tadqiqot ishining davriy chegarasi: Ishimizda reja asosida belgilanganidek, Yaqin va O’rta Sharq - Hindiston, Pokiston, Turkiya, Afg’oniston, Eron va Arab mamlakatlari xalqlariga tegishli bo’lgan tarixiy va musiqiy ma’lumotlarini qamrab olingan.

Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati: Dissertatsiya ishining tadqiqot qismi va xulosa qismida keltirilgan ma’lumotlardan umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, o’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida tarix fani darslarida, Oliy ta’lim muassasalari tarix fakultetlari hamda O’zbekiston davlat konservatoriyasida maxsus kurs ma’ruzalarini tayyorlashda foydalanish mumkin.

Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi:

  • Mazkur dissertatsiya har bir mamlakatning milliy an’analari, e’tiqodi, madaniyati va albatta musiqiy san’ati xususida to’xtalib o’tildi.

  • Dissertatsiya ishida jahon musiqa dunyosida mashhurlikka erishgan namoyandalarning eng saralari bilan tanishtirildi.

  • D
    5
    issertatsiyada, shuningdek xalqlarning kasbiy musiqasi, ya’ni mumtoz kuy va ashulalariga alohida e’tibor qaratilib, ularning madaniyatini musiqa orqali anglash va tasavvurni mustahkamlashga qaratilgan harakat o’z ifodasini topgan.

  • XXI asr – informatsion-axborot texnologiyalari rivojlangan asrda internet manbalaridan va ommaviy axborot vositalari materiallaridan keng foydalangan holda dissertatsiya ishini eng yangi ma’lumotlar asosida bajarildi.

Tadqiqot ishining predmeti: Tadqiq etilgan davrda Sharq mamlakatlari musiqa tarixi va madaniy hayotidagi bo’lib o’tgan muhim o’zgarishlar tadqiqot predmeti sifatida belgilab olindi.

Tadqiqot ishining o’rganilish darajasi: Mazkur mavzu yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va chop etilgan asarlarni davrlarga qarab quyidagicha o’rganish maqsadga muvofiqdir: Sharq mamlakatlari musiqasi to’g’risidagi adabiyotlar. Bu sohada ilmiy izlanish olib borgan Ganiyeva.I.A, Асим аль-Халифа, Башир Хадж Али, Беляев В, Вавилов В, Виноградов Б.C, Gettad M, Darmeteter J, Mamatqulova N, O. Matyoqubov, Mirhaydarova Z.M, Nosirov M, Nizomiddinov N, Oripov Z, Fitrat. A va boshqa tarixchi olimlar va tadqiqotchilar asarlaridan foydalanildi4.

B
6


inobarin, o’zbek musiqasining xorijiy Sharq xalqlari musiqa ijodiyoti bilan mushtarakligi, umumiy ildizlari, buyuk ajdodlarimiz Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur kabi mutafakkirlar va ma’rifatparvar allomalar tomonidan chuqur e’tirof etilgan. Bu haqda jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Abdurauf Fitrat o’zining “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” asarida quyidagilarni yozadi: “Bizning adabiyotimiz sharq-islom adabiyotiga qanday bog’langan, qanday munosabatli bo’lsa, musiqamiz ham sharq islom musiqasi bilan shunday bog’langan shunday munosabatdadir”.5

Mazkur dissertatsiyani tayyorlashda bir-biri bilan bog’liq ilmiy yondoshuvlar, tamoyillar va usullardan hamda geografik taqqoslash usullaridan foydalanildi.



Tadqiqot ishining tuzilishi. Ilmiy tadqiqot ishi kirish, uch bob, olti paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissetatsiya ishining umumiy hajmi 86 betni tashkil etadi.

Tadqiqotning birinchi bobida Afrika davlatlari musiqa madaniyati tarixi, uning turli davrlarda taraqqiy etishi, Sharq mamlakatlarining musiqa dunyosi musiqachilar (xonanda va sozandalar), musiqiy cholg’ular, musiqiy janr va namunalar hamda ijrochilik an’analarini batafsil yoritib o’tilgan.

Tadqiqotning ikkinchi bobida Arabiston yarim orolida joylashgan davlatlar musiqa madaniyati tarixi, Sharq mamlakatlarining musiqa san’ati va madaniyati, xalqlarining og’zaki va yozma manbalari, musiqiy dunyosi yoritilgan.

Tadqiqotning uchinchi bobida Osiyo davlatlari musiqa madaniyati tarixi, uning turli davrlarda taraqqiy etishi, Osiyo mamlakatlarining musiqa dunyosi musiqachilar (xonanda va sozandalar), musiqiy cholg’ular, musiqiy janr va namunalar batafsil yoritib o’tilgan.

7

I bob. Afrika davlatlari musiqa madaniyati tarixidan.

1. Afrika shimolida joylashgan davlatlar musiqa madaniyati tarixidan.

Arab xalqlari musiqiy madaniyati juda qadimiy va boy an’analarga egadir. U hududiy tomondan Mag’ribdan Mashriqqacha bo’lgan masofani o’z ichiga oladi.6 Amaliyotda ham uning ikki mintaqaviy jihati nazarda tutilgan holda, Arab sharqini - Mashriq, Arab g’arbini – Mag’rib, deb yuritish rasm bo’lgan.

Ilmiy tadqiqotlarga tayanib shuni aytish joizki, arab xalqlarining serqirra musiqa madaniyati 2000 yildan ortiq tarixga ega. Arab xalqlari badiiy ijodiyoti: she’riyati va musiqa san’atini shu kungacha yetib kelgan arab manbalaridan bilish mumkin. Arab musiqiy merosi bir necha asrlar davomida og’zaki an’ana asosida shakllanib, rivojlanib kelgan.

Arab xalqlarining turmush tarzi va hayoti bilan bog’lik folklor musiqiy namunalari ham o’ziga xosdir. Janrlar rang-barangligi, kuy va aytimlarning arab xalqlari milliy an’analariga mosligini aytib o’tish lozimdir. Shu bilan birga, xalq orasida professional, ya’ni mumtoz musiqaning shakllanishi arab xalqining boy ma’naviyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Islom dinigacha (VII asr) bo’lgan "Johiliya davri"da she’riyat va musiqa go’zal bir uyg’unlikda bo’lganki, ular alohida ko’rinishda tan olinmas edi. M.Gettatning7 aytishicha, "She’riyat nafaqat musiqiy ritmni boshqargan, balki qo’shiq bilan ifodalangan". Shunda cholg’u musiqasi unga jo’rnavoz sifatida ikkinchi darajali vazifani bajargan. Johiliya davrining kechki bosqichida san’at yuqori cho’qqiga ko’tarilib, musiqa she’riyat sohasi hamda diniy marosim (sehr-jodu)larda keng qo’llanildi. Ushbu davrda Tuvays, Azza al-Mayla ("Xonandalar malikasi"), mashhur kanizak Shirin, shoir va musiqachi Qassan ibn Tabut, qo’shiqchi Bilal Ribah al-Habasha singari namoyandalar faoliyat ko’rsatganlar.8

Arab klassik adabiyotining shakllanishida Islom dinining muqaddas kitobi Qur’on juda katta ahamiyat kasb etadi.

A
8
rab madaniyatining rivojlanishi 3 ta asosiy davrda shakllanadi:


  1. Ummaviylar (VII - VIII) sulolasi - Suriya-Damashq;

  2. Abbosiylar (VIII-X asrlar) sulolasi - Iroq-Bag’dod;

3. Mamluklar (XII—XIII) sulolasi Misr-Qohira kabi markazlar bilan bog’liqdir.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Ummaviylar davrida arab professional mumtoz musiqasi (shahar va saroylarda) yuksak darajaga ko’tariladi. Shu zamonning taniqli allomalaridan Yunus al-Kotibning (765) "Kitabu-l-ag’ani" ("Qo’shiqlar kitobi") - arab musiqa nazariyasiga bag’ishlangan ilk risolasi, Ibn Surayjning (726) "Yetti qo’shiq" kitoblari bizgacha yetib keldi.9 Arab xalifaligining keyingi madaniy-ma’rifiy yuksalish davri Abbosiylar hukmronligiga (VIII-X asrlar) to’g’ri keladi. Bu davr arab sivilizatsiyasining "Oltin davri" hisoblanadi. Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma’mun (813-833) xalifaliklari paytida ilm-fanga e’tibor kuchayadi. Musiqa ilmining gullab yashnashiga IX asr o’rtalarida Bag’dodda tashkil etilgan "Dor ul-Hikma" (Donishmandlar uyi) ham sabab bo’lgan. Bu yerda Yunon mualliflari, xususan, Pifagor (Pisoguris), Ptolomey (Batlomus), Yevklid (Iqlidus), Sokrat (Suqrot), Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu)larning turli xil asarlari tarjima qilindi va shu bilan birga ko’pgina risolalar yaratildi.

Arablarning professional musiqasi og’zaki tarzda rivojlangan. Bu musiqa tabiatan badihaviy tusga egadir. Hozirgi davrgacha juda ko’p qadimiy janrlar, xalq qo’shiqchiligi, vokal, she’riy, cholg’u va raqs san’ati shakllari yetib kelgan. Qadimgi arablarning og’zaki an’anaviy janrlari ravi va mutriblar ijodida saqlanib asrma-asr o’tib kelgan.10

A
9


rab xalqlarining boy badiiy merosi avloddan avlodga o’tib, "An’anaviy musiqa" degan nomni olishga muyassar bo’lgan. Qayd etish joizki, ushbu an’ana doimo xalq musiqa madaniyatining jonli jarayonini aks ettirish bilan birga doimo harakatda bo’lib, yangilanib turgan.

Arablarning qadimgi ritmlari "cho’l ritmlari" (to’ya yurishi, otning sakrashi) va hokazo ta’siri ostida shakllangan.

Arab professional musiqiy janrlarini ikki guruhga bo’lish mumkin: muayyan metro-ritmik tizimlariga asoslangan namunalar va erkin badihaviy shakldagi kompozitsiyalar.

Birinchi guruhga samoi, bashraf, taxmila, longa kabi shakllar va badihaviy turdagi takasim deb nomlanuvchi cholg’u janrlari kiradi.

Vokal (vokal-cholg’u) janrlariga esa, qat’iy metro-ritmga ega bo’lgan va keng tarqalgan muvashshah, qasida va dor; erkin badihaviylik shaklidagi vokal prelyudiya-noktyurnlar - layali va lirik poemalar mavvallar kiradi. Bu janrlarning barchasi qadimiy, lekin hozirgi kunda ham ular o’z salohiyatini yuqotmagan. Ular asosida ijrochilik maktablari rivojlandi.

Arablarning vokal musiqa janrlari qatoriga, metro-ritm asosli qo’shiqlar guruhiga, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qasida, muvashshah, dor hamda yakka ijro etiluvchi badihaviy an’anaviy shakllar bo’lmish layali va mavval janrlarini kiritish mumkin. Ular ichida eng qadimiysi qasida bo’lib, u badaviylarning musiqiy-she’riy ijod shakli sifatida mashhur hisoblanadi. Qasidalarning taniqli ijrochilari haqida Abulfaraj Isfahoniy (897-967) ning "Katta qo’shiqlar kitobi" (arab musiqasi, unga oid qo’shiqlar va she’riyatga bag’ishlangan, unda O’rta Osiyo, Eron xalqlarining qadim musiqasidan darak beruvchi, Sharq musiqa atamalarining shakllanishiga xizmat qilgan manba)da boy ma’lumotlar keltirilgan. Ayniqsa Ibn Shaddod, Zuxeyra, Imru al-Qayslarning nomlari alohida ta’kidlangan.11

O
10
’rta asrlarga kelib, qasida arablarning mumtoz she’riy va musiqiy ijodining eng oliy namunasiga aylandi. Boshqa janrlar singari qasida ham kompozitsion tuzilishi jihatidan ko’p tarixiy o’zgarishlarga duch kelgan. XIX-XX asrlarga kelib mashhur kompozitor va qo’shiqchilar Abdul Vahob, Umm Qulsum, Muhammad Kasabjilar ijodida qasida diniy janrdan biroz uzoqlashib, konsert janriga aylandi. Ma’lumki, qadimgi badaviy qasidasi mustaqil vokal shaklga emas, balki she’rlarning musiqiy so’zlanishiga asoslangan. She’riy baytlar bitta qofiyaga tayangan va uzviy monografik shaklni hosil qilgan. O’rta asrlarga kelib, mumtoz qasidaning paydo bo’lishi undagi ichki tuzilmaning boyishiga olib keldi. Har bir epizodda turli xildagi murakkab metro-ritmik tuzilmalar, turli qofiyalarni ko’zatish mumkin.

Qasidalar uchun mahoratli shoirlar yuksak badiiy mumtoz uslubda maxsus she’rlar yozganlar. Qasida ijrosining jo’rnavozlik mezonlari turli musiqiy asboblar bilan birgalikda talqin etiladi. Shunday bo’lsa-da, asosiy mezon badihaviylikni tashkil etadi.

Qasidaning qadimgi turlari faqat urma cholg’ular jo’rligida ijro etilgan. Keyinchalik, rivojlanish jarayonida unga musiqiy cholg’ulardan ud va rebablar qo’shila boshladi. Qo’shiq bir maromdagi usulga asoslanadi. XIX asrda qasida ijrosida faqatgina vokal ijro mahorati emas, balki milliy ansambllarning ahamiyati ham yuqori darajaga yetdi. Qasida arab shahar va qishloqlari aholisining maishiy hayotlariga chuqur o’rnashgan va unga bo’lgan qiziqish doimo rivojlanib borgan.12

Muvashshahlar arablarning butun tarixiy jarayonni o’tagan mustahkam janri hisoblanadi. Ularning kelib chiqishini tarixchilar o’rta asrlarda arab madaniyatining gullagan davri, ya’ni X-XI asrlar va Abad al-Qazoza nomi bilan bog’laydilar. Ushbu janr, asosan, arab she’riyati va arab Sharq san’ati asosida shakllana borgan. Shuning uchun muvashshah bilan bir qatorda boshqa janrlar-zajjal, diniy qo’shiqlar turkumi Andalus badiiy an’analari asosida vujudga kelgan. Uning shakllanishida darvesh, shoir va musiqachi Ibn Kuzmanning ijodi alohida ahamiyat kasb etadi.

Muvashshah janri mumtoz arab she’riyati va erkin tizim asosida shakllangan. Uning paydo bo’lishi arab musiqasining boyishi va yangi murakkab usuli, yoddan chiqqan qadimiy janrlarning jonlanishiga sabab bo’ladi.

M
11


ag’ribda ham, Mashriqda ham muvashshah birdek, katta erkinlikka ega bo’lgan ohangi, musiqiy-kompozitsion tuzilishi, lirik she’rlari, yuqori badiiy estetik ta’siri bilan arablarning sevimli janri hisoblangan. Muvashshah ilgari mumtoz she’r va qat’iy ostinatoli ritm bilan bog’lik bo’lgan.

Muvashshahning tarkibiy tuzilishi turkum shaklidadir. U 4 qismdan iborat bo’lib, cholg’u bo’limi ham mavjud. Yakunlovchi qism so’zlashuv uslubi va she’r ritmikasiga asoslanadi. Hattoki, butunlay boshqa ritmda tugallanish ham mumkin. Bu jarayon esa muvashshahga oid ko’plab namunalarning yaratilishiga asos bo’lgan.

Musiqiy tuzilishga tegishli uslublarda kuy yetakchilik qilib, lirik she’rlarning musiqiy ifoda vositasi Arab g’arbi (Mag’rib)da ushbu janr san’atning yuqori cho’qqisi bo’lishi uchun xizmat qildi. Uning ichki tuzilishi zarbli ostinato ritmida rivojlanadi, Al-Malikning (IX asr) "Dar al-tiraz" risolasida uning metro-ritmik xususiyatlari bayon etilgan. Olim ushbu risolasida juda ko’p she’riy-ritmik muvashshah formulalarni keltirgan. Vaqt o’tgan sayin bu qoida va chegaralardan chetga chiqish ko’zatiladi. Hozirgi kunda bunday an’anaviy ritmlarning bir nechtasigina saqlanib qolgan.

Zajjal - muvashshah bilan bir qatorda rivojlangan qo’shiq. Zajjalning she’riy tuzilmasi muvashshahga juda yaqin. Bu janrda xalq lahjasi asosiy ahamiyatga ega. Masalan, Suriyada bu janr she’riy jihatdan keng rivojlangan bo’lib, kuylari esa oddiy. Livanda esa juda yengil va sho’x uslubda ijro etiladi.

Taktuki - arablarning zamonaviy maishiy qo’shiqlaridan biri. U XIX asrda Misrda paydo bo’lib, biroz oddiylashtirilgan qo’shiqlar turiga kiradi. Ba’zi olimlar fikriga ko’ra, bu janr yuqori darajada professional shakl va sof uslubga ega emas.13

A
12


rablarda, bundan tashqari, mujana va ataba deb nomlanuvchi qo’shiqlar ham mavjud. Bu qo’shiqlar she’riy jihatdan o’ziga xosdir. Xalq hajviy she’r o’yinlari, so’z va iboralarining obraz va ritmik jihatdan solishtirilishi bularning yana bir e’tiborli tomonidir.14

Suriya va Livan mamlakatlarida bu qo’shiq, janrlari xalq tomonidan uyushtirilgan turli kechalarda, musiqiy-she’riy yig’ilishlarda ko’p ijro etiladi.

Barcha arab xalqlari musiqa ijrochilik amaliyotida mashhur bo’lib, keng ommalashgan muvashshah va zajjal qo’shiq janrlarining kuy rang-barangligi, tuzilish jihatidan xilma-xilligini kuzatish mumkin. Shuning uchun ham, bu har ikki qo’shiq shakllari boshqa yangi shakllarning paydo bo’lishiga ham sabab bo’lgan.

Mavval she’rlari 5-6 qatordan iboratdir. Professional ijrochilar tomonidan kamdan-kam jo’rsiz ijro etiladi. Zamonaviy ijrochilik mezonida qo’shiq ko’proq milliy orkestr jo’rligida aytiladi. Mavvalning bir necha ijro uslubi mavjud. Unga ko’ra, mavval ansambl bilan ketma-ketlikda yoki cholg’u jo’rligida dialog, ya’ni, savol-javob tarzida talqin etilishi ham mumkin. Ushbu janrning xalq ijodiyoti bilan chambarchas bog’likligi, milliy ohang bo’yoqlarining keng qo’llanilgani sababli mavval barcha arab xalqlari tomonidan sevib ijro etiladi va tinglanadi.

Qadimdan arab tilining ifodali yangrashi, talaffuzining go’zalligi va obrazliligi e’tirof etilgan. Qo’shiqchi shoirlar esa o’zlarining ohanrabosi bilan ajralib turgan. Ular kuylagan qo’shiqlarni, hattoki, avliyolik darajasi bilan tenglashtirishgan. Xalq orasida ular juda katta obro’-e’tiborga hamda jamiyatda yuqori mavqega ega bo’lganlar.

Ma’lumki, badaviylarga oid qo’shiqchilik san’atida tuya boquvchilarning qo’shiq namunalari juda ommalashgan va asosiy janrlardan bo’lgan. Bundan tashqari, marsiya – yig’i qo’shig’i, madh, -maqtov, sar - qasos, xida - to’ya podachilari, xabab - otchilar qo’shig’i, hija - hajviy qo’shiqlar kabi boshqa shakllar arablar hayotidan o’rin olgan.

U
13
mm Kulsum arab dunyosida o’zining yorqin ovozi, betakror ijodi bilan juda katta obro’-e’tibor va ahamiyatga ega bo’lgan qo’shiqchi san’atkordir. U yakkaxon xonanda bo’lib komillik darajasida faoliyat olib borgan va butun arab xalqlari tomonidan e’tirof etilgan san’atkordir. Shu bois uning ijodi ko’p asrlik arab musiqasi tarixida ham alohida o’ringa egadir.15 Uning ijodi Misrdagi yetti mo’jizalardan biri - ehromlar bilan ham tenglashtirib, barhayot qo’shiqlari bilan mangu qolishi e’tirof etiladi. Mashhur arab publitsisti, shoir va dramaturgi Anis Mansur Umm Kulsumni qadim yunon qo’shiqchisi Orfey bilan tenglashtirgan edi. U san’at sohasida arab dunyosida mavjud barcha faxriy unvonlarga ega bo’lgan. 1972 yili "Xalq san’ati arbobi" degan eng yuqori unvonga sazovor bo’lgan.

Ma’lumki, azaldan arab mamlakatlari an’anaviy musulmon maktablarida til, adabiyot, tarix va odob darslari bilan bir qatorda Qur’on va uni qiroat bilan o’qish ham o’rgatilib kelingan. Qur’on qiroat qilishni o’zlashtirgandan so’ng musiqiy cholg’ulardan biri - ud yoki qonunda asosiy maqomlar amaliy, ya’ni ustoz-shogird tarzida o’rgatilgan.16

Umm Kulsum Arab dunyosida shakllanib kelayotgan yangi avlod qo’shiqchilariga ibrat edi. Umm Kulsum ijodi arab she’riyatining chuqur ma’nosi timsolidir. Xonanda shoirlarning qo’shiq uchun yozgan matnlari ichida juda talabchanlik bilan ishlar edi. Uning repertuaridan shoirlar sardori Ahmad Shavqiy va Nil shoiri Hofiz Ibrohim va boshqalarning betakror va eng sara qasida, she’rlari o’rin olgan. Mazkur qo’shiqlar yo’nalishini uch yo’nalishga bo’lish mumkin: sevgi-muhabbatni madh etuvchi qo’shiqlar; vatanparvarlik to’yg’ularini aks ettiruvchi namunalar; diniy-falsafiy mavzudagi qo’shiqlar.17

Umm Kulsum o’zining serqirra ijodi, betakror ovozi bilan nafaqat arab dunyosida, balki jahonda ham obro’ topdi.

14

  1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə