Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




Yüklə 214.43 Kb.
səhifə1/3
tarix25.04.2016
ölçüsü214.43 Kb.
  1   2   3
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Jismoniy madaniyat fakulteti

“Jismoniy madaniyat va sportni o’qitish metodikasi” kafedrasi

Usmonov Xusan

MILLIY KURASH RIVOJLANISHIDA QADIRIYATLARNING O’RNI

«5141900-Jismoniy madaniyat»ta`limy o`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun.


BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar:________kat. oqit O.E.Toshmurodov


Bitiruv malakaviy ishi “Jismoniy madaniyat va sportni o’qitish metodikasi” kafedrasida bajarildi.

Kafedraning 2013_yil “__”_________dagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (bayonnoma № ______).


Kafedra mudiri ___________ kat. Oqit O.E.Toshmurodov.
Bitiruv malakaviy ishi YaDAKning 2013_yil “___”____________dagi majlisida himoya qilindi va _______ ball bilan baholandi (bayonnoma № ______).
YaDAK raisi:_______________________

MAVZU: MILLIY KURASH RIVOJLANISHIDA QADIRIYATLARNING O’RNI

Reja

Kirish


I-BOB. Milliy kurash tarixi

1.1. Kurashnig rivojlanish tarixi

1.2. Milliy kurashning taraqiyotida muxim bosqichlar

1.3. Milliy kurashning rivojlanishida halq bohodirlarining o’rni

II-BOB. Kurash milliy qadiriyatimiz,jismoniy madaniyat ta’lim narbiyasida undan foydalanish.

2.1. Yosh kurashchilarni tarbiyasida milliy qadriyatlarning tutgan o’rni.

2. 2. Jismoniy madaniyat va milliy qadriyatlarning o’zaro bog’liqligi.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar.


K

irish



Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik sharofati va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning jonkuyarligi tufayli o’zbek kurashi olamshumul mavqyega ega bo’ldi. Ayniqsa, 1992 yilning 14 aprelida O’zbekiston Prezidenti o’zbek kurashining jonkuyarlaridan biri Komil Yusupovni suhbatga chorlagani kurashimiz istiqbolini belgilab berdi.

Kurashni sport turi sifatida rivojlantirish, dunyo miqyosida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish hamda jahonga olib chiqish to’g’risidagi fikr - mulohazalar Komil Yusupovda 1980 yillarda tug’ilgandi va bu g’oya izchillik bilan ilgari surildi. Shu yillar davomida u nomdor polvon sifatida respublikamizda o’tadigan to’ylarda – «davra kurashi»da faol ishtirokichi bo’lish bilan bir vaqtda, milliy sportimiz an’anasi, udumlari va urf – odatlarini o’rganishga ham qiziqardi. Shuning uchun ham K.Yusupov tomonidan milliy kurashni jahon arenasiga olib chiqish mumkinligi to’g’risidagi g’oya ilgari surildi. Bir necha yillik izlanishlar natijasida ular tomonidan yaratilgan yangi qonun-qoidalar 1991 yil 14-15 iyunda chaqirilgan O’rta Osiyo va Qozog’iston ilmiy noyeferensiyasida muhokama qilindi. 2 kunlik qizg’in munozaradan keyin qoidalar hakam va kurashchilarning kiyimlari tasdiqlandi. Prezidentimiz tomonidan O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilinganidan 17 kun o’tgach, kurash qoidasining asosiy qismi «Sport» gazetasining 1991 yil 17 sentyabr sonida e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi viloyatlarida «Xalq harakatlari va sport o’yinlari bayramini tashkil eti shva o’tkazish» (tavsiyanoma, Toshkent, 1992 yil) maqolalar to’plamida kurashning yangi qoidalari to’laligicha ta’riflab berildi. 1992 yilning may oyida u «Milliy kurash qoidalari» (Toshkent, 1992 y.) nomli maxsus qo’llanma sifatida chop etildi.

Kurash qoidasida polvonlarning ijobiy harakati asosan «Halol», «Yonbosh», «Chala» atamalarini ishlatish bilan baholanadi. Bir marotaba ko’rgan tomoshabinu polvonlar bu kurash qoidasini osongina va tez o’zlashtirib oladi. Shu tufayli K.Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro kurash qoidasi qisqa vaqt ichida kurash mutaxassislariga, murabbiylarga, hakamlarga, eng asosiysi kurash muxlislariga va xalq ommasiga ma’qul tushdi. Bulardan tashqari, unda davra kurashi an’analarini e’tiborga olish natijasida sport tarixida birinchi marotaba kurash qoidasida 36 yoshdan 80 yoshgacha va undan kata yoshdagi polvonlarning vazn toifalari kiritildi. Bu esa kurashning obro’-e’tiborini juda ham ko’tarib yubordi. Chunki 35-40 dan kata yoshdagi polvonlar kurashdan mutloq umidini uzib, uzoqlashib ketgandilar.

1991 yil 7-10 avgust kunlari Shahrisabz tumani, Miroqi oromgohida O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarining polvonlari ishtirokida katta kurash sayli o’tqazildi. Bu kurash sayli oldingi musobaqalardan tubdan farq qildi. Chunki unda polvonlar mutloq yangi bo’lgan qonun-qoidalar asosida kurashishdi. Ana shu yangi qonun-qoidalar asosida 1992 yildan boshlab nufuzli bellashuvlar boshlanib ketdi. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov o’tmishda yashab o’tgan barcha pahlavonlar va ulug’ allomalarning ruhlarini shod etishni Kurash bo’yicha halqaro turnirlar o’tkazish bilan boshlagan edilar. Qorako’lda Tursun ota, Shahrisabzda Amir Temur, Surxandaryoda At-Termiziy, Buxoroda Bahouddin Naqshband, Andijon Bobur Mirzo, Xorazmda Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlab Prezident sovrini uchun o’tkazilgan halqaro turnirlar o’zbek kurashining yuksak darajasiga ko’tarilishida, sport olamiga yangi tur bo’lib, kirishiga kata hissa qo’shdi, Chunki kurash ilk musobaqalaridayoq jozibadorligi va jangovorligi, go’zalligi va halolligi bilan barcha ishtirokchilarning, xorijiy mutaxassislarning mehrini qozondi.

Milliy sport turini dunyo sportiga aylantirish uchun mamlakatimizda tashkil etilgan bu bellashuvlar kamlik qilardi. Albatta, shuning uchun ham Janubiy Koreya (1992 yil), Kanada (1993), Litva (1993), Yaponiya (1994), Irlandiya (1997), Hindiston (1995), Atlanta (1996), Moskva (1998), Fransiya va Irlandiyada o’tkazilgan yirik sport anjumanlarida to’plangan mutaxassis va muxlislarga tashabbuskorlar tomonidan o’zbek kurashi haqida atroflicha mua’lumotlar berildi, ko’rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Tinimsiz mehnat, ko’plab izlanish va sa’y-harakatlar bekor ketmadi. 1998 yilning 6 sentyabr sanasi O’zbek kurashining bir necha ming yillik tarixi sahifalariga olamshumul voqyea yuz bergan kun sifatida zarhal harflar ila bitildi. Lotin Amerikasi, Yevropa va Osiyo qit’asining 28 ta davlatidan kelgan vakillar ishtirokida Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis kongressida Kurash Halqaro Assosiasiyasi (KXA) tuzilganligi, xalqimizning milliy qadriyati «Kurash» nomi bilan jahon maydoniga chiqqanligi e’tirof etildi.

Xalqning qadim qadriyati, ori va g’ururi bo’lgan kurashning jahonga yuz tutishini har tomonlama qo’llab-quvvatlagan O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Xalqaro Assosiasiyasining doimiy Faxriy Prezidenti etib saylandi. Shu kongressning o’zida HKA ning Ijroiya qo’mitasi tashkil qilindi. O’zbek kurashining K.Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan qonun-qoidalari halqaro qoidalar sifatida bir ovozdan ma’qullandi va K.Yusupov Assosiasiya Prezidenti etib saylandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 1999 yilning 1 fevralida «Xalqaro kurash assosiasiyasini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi farmonga imzo chekdi.

Bugungi kunda dunyoning 5 qit’asidagi 100 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Kanada, Boliviya, Braziliya, Janubiy Afrika Respublikasi, Buyuk Britaniya, Vengriya, Turkiya, Hindiston, Shri-Lanka, Ero, Yaponiyada Kurashning minglab ixlosmandlari bor. Hatto O’zbekiston uchun «g’aroyib» sanalgan Dominikan Respublikasi, «»Paragvay, Ekvador. Zambiya, Nigeriya, Mavrikiya kabi davlatlar zo’r qiziqish va ishtiyoq bilan kurash usullarini o’rganishga harakat qilishmoqda.

Amerika, Afrika, Yevropa, Osiyo va Okeaniya qit’alarida mintaqaviy konferensiyalar tashkil etilgan. Ular bu ommabop qadimiy sport turini targ’ib qilish uchun ayni damlarda o’z faoliyat doiralarini kengaytirmoqdalar.

Shunday qilib ta’kidlash mumkinki, Kurash dunyo sivilizasiyasiga beqiyos hissa qo’shgan, avlodu ajdodlardan bizgacha yetib kelgan ma’naviy meros – katta bir xazina. Bux azina bugun farzandlar tarbiyasida muhim omil bo’lmoqda. Sayyoramizning turli qit’a va yurtlarida istiqomat qiluvchi ne-ne xalqlar, elatlar Kurashning jozibasiga, uning insonparvarlik, baynalminallik, bag’rikenglik g’oyalariga mahliyo bo’lib, sevimli sport turi sifatida qabul qilmoqdalar.

Har qanday sport turidan Olimpiya, Jahon chempionlari yetishib chiqishi mumkin. Ammo hamma millat ham o’z sportini jahon maydoniga chiqara olmaydi. Sportchining oliy maqsadi Olimpiya chempioni bo’lish bo’lsa, o’zbek millatining, jahon kurashchilarining eng oliy maqsadi – Kurashni Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritishdir.

Milliy qadiriyat bo’lmish o’zbek kurashini Jaxon sport maydonlarida tan olinib umuminsoniy qadiriyatga aylanmaganligi mavzuning dolzarb muammosidir.

Ishining maqsad: Milliy kurashni rivojlanishida va mashg’ulotlarni samaradorligini oshirishda qadiriyatlarning tutgan o’rnini aniqlash.

Ishining vazifalari:


  • kurashning rivojlanish davirlari va bugungi holatida qadiriyatlarning o’rnini aniqlash ;

  • yosh kurashchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda qadiriyatlardan foydalanish darajasini aniqlash;

  • kurash mashg’ulotlari jarayonida murabbiylarning qdriyatda fqydalanayotgaligini anilash

Tadqiqot obekti: Samarqand shaxar 1 va 2 bolalar va o’smirlar sport maktablarining milliy kurash mashg’ulotlari jarayoni

Tadqiqot uslubiyati:

  • Maxsus ilmiy - uslubiy adabiyotlarini tahlil qilish;

  • Kurash sportini rivojlanishida qadiriyatlarning o’rni mavzusida suxbatlar o’tkazish.

  • Milliy qadiriyatlarga isbatan mavjud munosabatlarni o’rganishga qaratilgan uslubiyat;

  • Pedagogik kuzatishlar olib borish;

  • Olingan natijalarni tahlil qilish;

  • Nazorat mashqlaridan foydalanis


Muammoning o’rganilganlik darajasi: Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviylashuvini yanada yuqori pog’onaga ko’tarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, xalq milliy o’yinlarini qayta tiklash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy sport turlari bo’yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularning sport mahoratlarini oshirish maqsadida hukumatimiz, xususan mamlakatimiz Prezidentining qabul qilgan farmon va qarorlari milliy sport turlarini keng ommalashtirish ishida muhim omil bo’lmoqda.

Jumladan, “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining QARORI (31 oktyabr 2002 yil), “Bolalar va o’smirlar sport maktablarini qadrlar bilan ta’minlashni yaxshilash to’g’risida” O’zR XTVning BUYRUG’I (13 may 2005 yil), O’zR Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi to’g’risida NIZOM (6 iyul 2005 yil), O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Homiylik kengashining Tarkibi (Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 oktyabrdagi 374-sonli qaroriga 2-ilova), 2007 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi byudjetini va bolalar sport obyektlari qurilishining manzilli dasturini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining QARORI (26 dekabr 2006 yil) kabi rasmiy me’yoriy hujjatlar mahallalarda yoshlarni milliy sport o’yinlari orqali tarbiyalashning huquqiy asoslarini yaratib berdi.

Agar ushbu tadbirlar xronologiyasiga e’tibor qaratiladigan bo’lsa, keyingi yillarda milliy sport turlarini rivojlantirish va yoshlar orasida keng yoyishga yo’naltirilgan ko’pgina ilmiy-nazariy va amaliy anjumanlar o’tkazilganligini ham alohida ta’kidlash lozim. Jumladan, 1991 yili Jizzax viloyatining Forish tumanida Milliy sport o’yinlarining birinchi festivali o’tkazildi. .

“O’zbekiston Respublikasida sportchi o’rinbosarlar tayyorlashning oqilona yo’llari” (Toshkent, 1992), “Jismoniy tarbiya va sportda qo’llaniladigan o’zbek tilidagi atamalar” (Termiz, 1993), “O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari” (Toshkent, 1993) kabi tadbirlar milliy sport turlarini larning ilmiy-nazariy asoslarini rivojlantirish va uning yoshlar orasida ommaviylashuviga keng yo’l ochdi.

Bundan tashqari, 1994 yili Jizzax viloyatining Forish tumanida o’tkazilgan Milliy sport turlari va harakatli o’yinlari festivali - olimpiada maqomiga ega bo’ldi. 1998 yil Termiz shahrida “Alpomish” dostonining 1000 yilligiga bag’ishlangan xalq o’yinlari respublika festivali hamda ilmiy-nazariy anjumani o’tkazildi. 1999 yili Jizzax shahrida “Ayollar yili”ga bag’ishlab “To’maris” festivali o’tkazildi. 2000 yili esa Farg’onada “Alpomish” o’yinlari 2-respublika festivali o’tkazildi.

Davlatimizning jismoniy tarbiya va sportga oid qator hujjatlarida xalqimiz milliy qadriyati bo’lmish milliy sport turlari va xalq o’yinlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, aholining jismoniy tayyorgarligini baholash bo’yicha jismoniy tarbiya va sport majmui “Alpomish va Barchinoy” deb nomlandi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida Milliy sport turlarini rivojlantirish markazi, Qarshi shahrida Respublika kurashini rivojlantirish markazi, O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida “Milliy sport turlari” kafedrasi, barcha viloyatlarda bolalar va o’smirlar ixtisoslashtirilgan sport maktablari hamda seksiyalari tashkil etilgan. Shuningdek, har yili sportning milliy turlari va xalq o’yinlari bo’yicha tuman musobaqalari, ikki yilda bir marta Respublika festivallari o’tkazilib kelinmoqda.

1999 yilning 1 fevralida milliy qadriyatlarni, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik g’oyalarini o’zida mujassam etgan o’zbek kurashi - dunyo sporti olamida yangi sport turi sifatida tan olinishi munosabati bilan “Xalqaro kurash” assosiasiyasini qo’llab-quvvatlash to’g’risida farmon qabul qilindi. Bu farmon nafaqat O’zbekistonda, balki butun jahonda kurashning keng qanot yoyishiga, ommalashuviga xizmat qilmoqda.



O’zbek milliy kurashini rivojlantirish va dunyoga yoyishdagi yuksak xizmatlari uchun mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov “Xalqaro kurash” assosiasiyasining doimiy faxriy Prezidenti etib saylandi.

Prezident I.Karimov kurash bo’yicha birinchi jahon chempionatining tantanali ochilishi marosimidagi tabrik so’zida: - “Men ishonaman, dunyoga mashhur polvonlarning bebaho xizmatlari tufayli xalqimiz ma’naviy turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan kurash bugundan e’tiboran yangi hayotini boshlaydi, yanada yuksaladi, jahon uzra keng tarqalib, turli millatlarga mansub millionlab kishilarning sevimli mashg’ulotiga aylanadi”, - deb haq gapni aytgan edi.

O’zbekiston sporti tarixida Milliy Olimpiya qo’mitasining tashkil topishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1992 yil 21 yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Milliy Olimpiya qo’mitasi” tuzilib, Obid Nazirov uning prezidenti etib saylandi. “Milliy Olimpiya qo’mitasi” 1992 yil 3 martda Xalqaro Olimpiya qo’mitasi tarkibiga rasman a’zo bo’lib kirdi. U O’zbekistonda olimpiya sport turlarini targ’ib qilish, olimpiya o’yinlarida respublika vakillari ishtirokini ta’minlash, jahon sportchilari bilan do’stona aloqalar o’rnatish va ularni rivojlantirishdek sharafli vazifalarni amalga oshirmoqda. Milliy Olimpiya qo’mitasining 127 a’zosi va 11 faxriy a’zosi bor.

O’zbekiston “Milliy Olimpiya qo’mitasi”ning tuzilishi O’zbekiston sportchilari uchun Olimpiya o’yinlari, Osiyo va jahon birinchiliklari musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatini yaratdi. 1993 yildan boshlab, milliy kurash bo’yicha Amir Temur, At-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Pahlavon Mahmud, Mirzo Bobur xotirasiga bag’ishlab xalqaro turnirlar o’tkazildi.

1996 yil Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining qaroriga muvofiq jahon sportini rivojlantirishdagi xizmatlari va olimpiya g’oyalariga sadoqati uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oltin Olimpiya ordeni bilan mukofotlandi.

Toshkentda 1996 yilda Olimpiya muzeyi tashkil etildi. Uni Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining Prezidenti X.A.Samaranch mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov bilan birga tantanali ravishda ochib berdi.

2000 yil 13-17 iyul kunlari Antaliyada (Turkiya) milliy kurash bo’yicha 2-jahon chempionati bo’lib o’tdi. Jahon birinchiligi sport turlari orasida dunyoda ilk bor o’zbek kurashi bo’yicha Turkiyada besh qit’adan 50 ga yaqin polvonlar tashrif buyurdilar. Hamyurtimiz Turkiyada jahon chempioni bo’lganligi butun mamlakatimiz yoshlari uchun cheksiz vatanparvarlik namunasi bo’ldi.

2008 yil esa mamlakatimizda “Yoshlar yili” deb e’lon qilindi. Bu borada ishlab chiqilgan davlat dasturida, -“yoshlarda sog’lom turmush tarziga intilishni shakllantirish..., yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish” – alohida uqtirib o’tilgan.

Yuqorida keltirilgan faktlar asosida shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz Prezidentining rahbarligi va bevosita homiyligida yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularni sog’lom, baquvvat, Amir Temur, Pahlavon Mahmud kabi bobolarimizning vorislari etib tarbiyalash uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Natijada bugun jahon chempionlari, sport ustalari, xizmat ko’rsatgan sportchilar, yoshlar murabbiylari yetishib chiqmoqda. Bu esa yoshlarda milliy sport turlariga nisbatan faol ijobiy munosabat, ushbu faoliyatga nisbatan motivasiyani shakllantirishda muhim omil bo’lmoqda.

A.Q.Atoyevning 1987yil nashr qilingan”Kurash”kitobida O’rta Osiyoda ham qadimgi Yunonistondagi olimpiada o’yinlariga o’xshash xilma-xil o’yinlar o’tkazilganligi, So’g’diyona va Baqtriya davlatlari mavjud bo’lgan davrlarda meloddan oldingi IV asr O’rta Osiyoda yashagan xalqlar orasida epchil akrobat dorbozlar juda mashhur bo’lgan, Epchil, jismoniy jihatdan juda chiniqqan dorbozlar, chig’iriqchi, simbozlar Yunoniston, Vizantiya va Eron kabi mamlakatlarga borib, o’zlarini ajoyib va xatarli o’yinlarini, qiziqchi va masxarabozlarning o’tkir satira va kulgi bilan sug’orilgan turli sirk sahnalarini, kishi aqli bovar qilmaydigan pahlavonlarning o’yinlarini ko’z-ko’z qilganliklari haqida ma’lumotlar berilgan.

Shu muallifning 2005yil nashr qilingan “Yosh-o’smirlarga o’zbek kurashini o’rgatish uslubiyoti” nomli o’quv qo’llanmasida Qadimiy Sug’diyona markazi bo’lgan Samarqandda navro’z bayrami har doim xalq tomoshalari bilan o’tanligi, bularda xalq, san’at vakillari: baxshilar, xonandalar, hofizlar, dorbozlar, raqqoslar o’z san’atini na-moyish qilishganligi, bayramlarda xalq dorbozlarning chiqishini va ayniqsa poygani zo’r qiziqish bilan tomosha qilishganligi, lekin har bir bayram o’zbekcha milliy kurashsiz o’tmaganligi haqida fikirlar keltirgan.

F.A.Kerimovning 2001 va 2005 yillarda nashir qilingan “Sport kurashi nazariyasi va ysiliyoti” nomli darsliklarida hozirgi O’zbekiston hududida qadimdan ikkita kurash turi shakillanganligi:raqib belbog’idan oldindan ushlab olish va raqibni erkin ushlab olish yaniy “Farg’onacha” va “Buxoracha” kurashlar mavjudligi bu kurash turlari hozirgi kunda ham Respublikamizda keng taqalganligi hada ushbu turlar bo’yich Jaxon va Osiyo birinchiliklari o’tkazilib kelayotganligi haqida ma’lumotlar berilgan.

K.Yusupovning 2005 yilda nashir qilingan “Kurash xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi” nomli o’quv qo’llanmasida kurash ham jaxonning yuksak ma’naviy qadriyatlaridan biri sifatida o’zining chuqur tarixiy ildizlariga ega ekanligi haqida ma’lumotlar beradi.O’z zamonasida qudratli saltanat qurgan Amir Temur buyuk davlat arbobi,ma’rifatparvar hukumdor,salohiyatli sarkarda bo’lib qolmasdan,ayni vaqtda kurash ilmi hadisini mukammal egallagan kuchli polvonsifat siymo ham edi. Shuning uchun u mamlakatda yoshlarni chiniqtirish,vatanni sevuvchi,yurt xizmatiga kamarbasta,etuk shaxslar qilib voyaga yetkazishda kurashning tutgan o’rniga katta ahamiyat berganligi bayon qilingan.

J.E.Eshnazarovning 2007 yilda nashir etilgan “Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish” nomli darsligida ham kurash haqida ko’pgina ma’lumotlar berilgan: qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati xalq og’zaki ijodida,ayniqsa ko’proq ifodalanadi.Bularni “Alpomish”dostoni misolida tan olishga to’g’ri keladi. “Alpomish” doatonida kurash,otda poyga,kamondan o’q otish va merganlik kabi jismoniy sifatlar,vatanparvar va xalq uchun,sevikli yori uchun jonini ham fido qilish kabi eng ulug’insoniy fazilatlar madh etilgani bayon qilingan.



I-BOB. Milliy kurash tarixi

1.1. Kurashnig rivojlanish tarixi

O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning o’ziga xos xususiyatlaridan biri aniq ifodalaigan milliy xarakterdagi sport turlari: ag’darish, ko’pkari, poyga, kurash, xalq o’yinlari va hokazolarnyng borligidir. Bu sport turlarining hammasi qadim zamonlarda paydo bo’lgan, taraqqiyotning harbir tarixiy bosqichida turli ijtimoiy vazifani bajargan va o’z shaklini o’zgartirgan. Fikrimizning dalili sifatida, keling o’tmishga bir nazar tashlaylik.

Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlari davrida bu yerda jismoniy tarbiya keng rivojlangan edi. O’rta Osiyoda ham qadimgi Yunonistondagi olimpiada o’yinlariga o’xshash xilma-xil o’yinlar o’tkazil-gan.

So’g’diyona va Baqtriya davlatlari mavjud bo’lgan davrlarda meloddan oldingi IV asr O’rta Osiyoda yashagan xalqlar orasida epchil akrobat dorbozlar juda mashhur bo’lgan, Epchil, jismoniy jihatdan juda chiniqqan dorbozlar, chig’iriqchi, simbozlar Yunoniston, Vizantiya va Eron kabi mamlakatlarga borib, o’zlarini ajoyib va xatarli o’yinlarini, qiziqchi va masxarabozlarning o’tkir satira va kulgi bilan sug’orilgan turli sirk sahnalarini, kishi aqli bovar qilmaydigan pahlavonlarning o’yinlarini ko’z-ko’z qilganlar.

Qadim zamonlarda jamoa jismoniy tarbiya sohasida o’zdavrlari zimmasiga ma’lum majburiyatlar yuklagan. Yosh qiz va yigitlar hayotda kerak bo’ladigan epchillik, chidamlilik, chaqqonlik, jasurlik va qat’iylik kabi qobiliyatlarga ega bo’lishlari lozim edi.

Ajdodlarimiz yigitlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor berganlar. Shuning natijasida yengil qurollangan otliq askarlar jangda yaxshi manyovr qila olganlar. Ular tezlik bilan chopib ketayotgan otning ustida yoydan mohirona otar, yengil nayzalarni uloqtirar, qilich va uzun nayzalarni mohirlik bilan ishlatar, epchillik bilan egardan sakrab tushar va unga sakrab chiqar edilar. Bundan tashqari, otliq askarlar qilichbozlik qilishni va suzishni yaxshi bilar edilar. Ko’p tarixiy manbalarda botirlarning o’zbek tuprog’ini dushmanlardan himoya qilganliklari, o’z ishlarining haqqoniyligiga va o’z g’alabalariga qattiq ishonib, dushmanning son jihatidan ko’pligiga qaramay, jangga baland ruh bilan borganliklari ta’riflanadi.

O’rta Osiyoda ilk feodalizm davrida xalq harakatlari kuchayib ketganligi sababli badavlat kishilarning o’smir bolalari, qadimiy Spartalilarda bo’lgani singari, soqchilik xizmatiga o’rgatilar edi. Sosoniylar davlatida urush. va harbiy-jismoniy jihatdan tayyorlash nazariyasi ishlab chiqildi va saroy ahli uchun yozilgan «Oyinnoma» nomli didaktik asarda bayon qilindi.

«Oynoma» da berilgan ma’lumotlarga ko’ra, sosoniylar davrida zodagonlarning bolalari 6 yoshgacha ota-onalarining uyida yashar, 7 yoshga yetgandan keyin davlat tarbiyasiga o’tkazilib, hukmdor ixtiyorida bo’l-gan maxsus maktabga joylashtirilar va 19 yoshga yetgunga qadar ana shu maktabda tahsil ko’rardi. O’z bilimi va bahodirligi bilan mashhur bo’lgan kishilar shu maktablarda murabbiylik vazifasini o’tar edilar. Sosoniylar maktablarida bolalarni jismoniy tarbiyalash masalasiga alohida ahamiyat berilar edi. Ular sovuqqa, ochlikka, chanqoqlikka, og’riqqa chidamli bo’lishi, tez. yugurishi, uzoqqa sakrashi, otga chaqqon minishi, tez chopishi. kamon va o’q-yoy otishda, qilichbozlikda mo’ljalli, tezgir bo’lishi. kurashish, jang usullarini yaxshi bilishi talab qilinar edi. Ov qilish vaqtida esa yetuk yigitlarga tabiiy vaziyatga moslanishni o’rgatar edilar: buning muhimligini urush qilish to’g’risida «Oynoma»da. yozilgan quyidagi qoidalardan bilish mumkin: «Jang boshlanishi oldidan qo’shinlarni shunday joylashtirish kerakki, quyosh nuri ularning orqa tomonidan. tushsin va shamol ham orqa tomonidan kelib tursin.

Kechalari shamol g’uvillab yoki daryo sharqirab oqib turgan paytda hujum qilib, tungi hujum shutariqa niqoblanishi kerak. Agar dushman qo’lidan suv manbaimi tortib olish kerak bo’lsa, dushmanning otlari va odamlari suvga qongan o’z otlaringiz esa chanqab suvga intilayotgan vaqtda jang boshlash kerak.

Qo’shinlarning chap tomoniga chiniqqan o’qchilarni qo’yish kerak, toki o’qlarni turli tomonlarga qaratib otish mumkin bo’lsin.

Qadimgi tarixiy asar «Karnamak» da jismoniy tarbiyaning hamma sohalarida moxir bo’lgan bir bahodir haqida shunday ma’lumot bor «xudoning marhamati bilan u to’p o’ynashda, chavandozlikda, shatranj o’yinida, ov qilishda va boshqa san’atlarda hammadan kuchli va hammadan mohir bo’lgan edi».

UyinlargaDvrqiflar (hakamlar) rahbarlik qilar edilar; ular qadimda bahodirlar orasida o’yinlar boshlanishidan ancha ilgari sport salaflari tomonidan saylanar edi. Voqiflarning vazifalari musobaqalar joyini tanlashdan, musobaqalarning borishini kuzatib turishdan va nihoyat, musobaqalarda g’olib chiqqanlarga mukofotlar berishdan iborat bo’lgan.

Asosiy mukofot tulpar ot, qimmatbaho sarpolar, pul musobaqada. g’olib chiqqan kishiga berilar edi. Ko’pincha, navbatdagi o’yinlargacha bo’lgan davr ana shu g’olibning nomi bilan atalar zdi. «Boburnoma» da ana shunday musobaqalar to’g’risida shunday ma’lumot bor: «Bahodirluq ulushi mo’g’ulda qadimiy rasmdur. Har to’y va osh bo’lganda har. kimki eldin o’zub qilich te-

girg’on bo’lsa, ul ulushni ul olur. Shohruhiyada boribtag’oyim Sulton Mahmudxonni ko’rkona bahodirluq ulushni Sayid Qosim oldi. Avvalg’i kun urushda Xudoyberdi atkamga taxsh o’qi tegib o’ldi. Chun yaroqsiz urush

solib edi, ba’zi yigit yalang zoyi bo’lub, xili kishi yaraliq bo’ldi. Ibrohim Soruning qoshida taxshandoz bor edi, bisyor yaxshi otar edi. Oncha taxshandoz ko’rulmaydur zrdi. Aksar elii ul yaralig’ qildi».

Boburning qizi Gulbadanbegimning yozishicha xotin-qizlar ham shodlik kunlarda mardona kiyimlar kiyganlar va chavandozlik, tirondozlik kabi o’yinlarda faol qatnashganlar.

Tilsim to’yi munosabati bilan to’y marosimiga yig’ilgan begimlar haqida to’xtab, podshohning o’ng tomonida zardo’zi ko’rpachalarda o’tirgan begimlarning ismlarini mufassal va birma-bir sanab o’tib, «bular mardona kiyimlarni kiyadilar va zaxgirtiroshlik,chavandozlik, tirondozlik kabi har xil hunarlargausta edilar va sozlardan ko’pchiligini chalar edilar» deb yozgan edi Gulbadanbegim.

Mashhur tarixchi Tabariy Samarqand xalqining arablarga qarshi olib borgan qahramonona kurashini shunday ta’riflaydi: «Arablar Samarqand xalqi bi-lan uzoq kurashgandan so’ng manjaniq (devor buzuvchi harbiy bir asbob) bilan shahar devorining bir yerini buzadilar. Devorning buzilgan yerida arablar shaharga kirmasin uchun So’g’d kurashchilaridan biri devor-niig buzilgan joyiga kelib, arablarga qarshi o’q uza boshlaydi. Mardlarcha kurashayotgan bu pahlavonning jasurligi Qutaybaning g’azab tomirlarini qo’zg’atdi. Bu qahramonni tiriklayin qo’lga tushirish qiyin bo’lgani uchun, uni otib o’ldirish qasdiga tushadi. Shuning uchun mergan askarlariga: «Sizdan kimki shu odamni otib o’ldirsa, o’n ming dirham beraman», deb va’da qiladi va bu narsa katta qiyinchiliklardan keyin ijro qilinadi

XIII asrning boshlarida mo’g’ullar O’rta Osiyo davlatlarini o’zlariga bo’ysindirgan edilar. Ular obod o’lka shaharlarini vayron qilib, kishilarni o’zlariga qul qilib olar edilar.

VII asrning oxirlariga kelib islom dini O’rta Osiyo xalqlariga majburan qabul qildirildi. Islom dini ta’siri asta-sekin jamoa hayotining barcha sohalariga tarqaldi. Arablar o’z hukmronlik ahvolini mustahkamlashga xalaqit beradigan xalq an’analariga qarshi faol kurash olib bordi. Arablar xalq tomoshalariga, jismoniy tarbiyaning turlariga ham qarshi kurash olib bordi. Tomoshalar kishilar axloqiy miyyorlariga zid kyelganligi uchun emas, balki ommani o’ziga jalb etib, islom dini ta’sirining yanada tarqalishi va mustahkamlanishiga to’siq bo’lgani uchun tomoshalarga qarshi kurash olib bordi.

Buning natijasida VII asrdayoq ko’pgana o’yinlarning ko’lami va sorsh kamaya boshladi. Lekin islom O’rta osiyoliklar hayotiga mustahkam kirib qolgan tomoshalarni darhol tugatishga qodir zmas zdi. O’rta osiyoliklar arablar istilosining yemirilishiga qadar tomoshalar ko’rsatilishini talab qilib keldi va ularni ko’rishga muvaffaq bo’ldi. Biroq tomoshalar endi aoosan chavandozlik va professional kurashchi, uzoqqa va balandlikka sakrovchi,tez yuguruvchi,kamon otish, nayzabozlik hamda mushtlashuvchilar

ning chiqishlari bilan cheklangan edi.

O’rta Osiyoda insonni o’rganishga taalluqli bo’lgan tibbiyotshunoslik sohasida katta kashfiyotlar ham qilindi. Abu Ali Ibn Sino odam gavdasining mutanosibligi va uning harakati mexanikasini o’rganadi. U jismoniy tarbiyaning kishi organizmiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini nazariy jihatdan isbotladi va uni qo’llash yo’llarini ilmiy ishlab chiqdi.

Ibn Sino badan tarbiyani ikkiga bo’ladi. Birinchi turi, bu odamning ish jarayonida qiladigan harakatlari, ikkinchisi zsa maxsus badan tarbiya harakatlari.

Besh jilddan iborat «Al qonun» da kishi tanasi tuzilishining tavsifi, kasalliklar etimologiyasi (sabab va belgilari), sog’lom hayot, kechirish haqida ta’limot, kasalliklarni tabiat kuchlari va dori-darmonlar bilan davolashga doir ko’rsatmalar beriladi. Ibn Sinoning profilaktikaga doir ko’rsatmalar haqidagi fikri alohida ahamiyatga zga. U odamlarning uzok umr ko’rishlari haqida g’amxo’rlik qilib, ularga butun hayoti davomida sog’lom yashash va sog’liqni mustahkamlash uchun zarur bo’lgan tartibni o’rgatdi. U yosh va sog’lom holatga mos keladigan ovqat tanlab iste’mol qilish, me’yori bilan ovqatlanish va suyuq narsalar iste’mol qilish, turar joy va tanani toza tutish, shuningdek jismoniy mashqlar qilishni uzoq umr ko’rish vositalari deb hisoblaydi. Ibn Sino turli mashqlar orasida me’yori bilan uzoq va tez yurish, kurash tushish va ot minishni alohida ta’kidlar edi. Ibn Sinoning fikricha, mashqlardan ko’zda tutiladigan asosiy maqsad qon aylanishini, nafas olishni va organizmdagi moddalar almashuvini yaxshilashdan iboratdir. U jismoniy mashqlar bilan erkin va zo’riqmasdan shug’ullanishni, bunda organizmlar faoliyatida paydo bo’lgan jonlanish nafas olyshni tezlashtirmasligiga va yurak faoliyatining keskin ravishda tezlashib ketmasligiga erishishni tavsiya qiladi. Usha vaqtlarda Ibn Sino jismoniy mashqlarni qo’llash metodikasiga doir yetarlicha to’g’ri ko’rsatmalar bera olgan edi. «Jismoniy tarbiyaning miqdorini belgilashga jiddiy e’tibor bilan qarash lozim. Jismoniy tarbiya organlarning turli holatlariga qarab turlicha bo’ladi. Agar organlar juda mo’tadil bo’lsa, ular uchun mo’tadil badan muvofiq keladi. Kuchsiz organlarni quvvatli qilmoq zarur bo’lsa, o’sha organga muvofiq .keladigan va maqsadga loyiq bo’lgan jismoniy tarbiya tayinlanadi».Ibn Sinonint jismoniy tarbiya masalalari haqidagi chuqur ilmiy fikrlari asrlar osha jismoniy tarbiyachilar uchun dasturu amal bo’ldi. Barcha mamlakatlarning xalqlari o’rtasida jismoniy mashqlar, ayniqsa kurash va akrobatika katta shuhrat qozongan edi.

Qadim zamonlarda bayram kunlari sirk tomoshalarining musobaqalari ommaviy xarakter kasb etgan edi. Agar qadimgi O’rta Osiyo o’yinlarida otliqlarning musobaqalarida, qo’shg’ildirakli aravalarda, yugurkshlarda va hokazolarda bahodirlarning o’zlari qatnashgan bo’lsa, keyinchalik sirk o’yinlarining yangi turlari paydo bo’lib, maxsus professional aktyorlar faol ishtirok etadigan bo’ldi. Mashhur tarixchi Abdurazzoq Samarqan-diy Mirzo Boysunqor saroyida tashkil qilingan ziyofatda o’z mahoratini namoyish qilgan sirkchilar to’g’risida shunday ma’lumot beradi: «Xontaxtalar ustida tayyor turgan taomlardan boshqa yana har soatda oshlar, barra go’shtlar, g’oz, tovuq va zarssun keltirib turdilar. Uyinchilar o’yin ko’rsatdilar. Avvalo bir to’da oy yuzli yigitlar qizlarsingari qizil va oq rangli pardoz sur-tishib, quloqlariga marvaridlar taqib, zarbop kiyimlar kiyinib, gulchambarlar va rangli qog’oz ham ipaklardan rangdor gulu lolalarni qo’llariga ushlab va boshlariga sanchib, xitoyliklar usulida raqsga tushdilar. Bundan keyin ikkita o’n yashar bola ikkita yog’och ustida umboloq oshib, o’yin ko’rsatdi. Birkishi ostona ustida yotib, oyoqlarini ko’tarib turdi. Bir nyecha katta-katta qamish naylarni uning oyog’i kaftiga qo’ydilar, boshqa bir kishiu naylarning hammasini qo’liga ushladi: o’n-o’nikki yashar bola keldida, u naylar tepasiga yurib chiqdi. Har bir nayning uzunligi yetti gaz kelib qolsa kerak. U bola naylarda turib turli-tuman o’yinlar ko’rsatib bo’lgach, oxiri naylarni to bittasi qolguncha, birin-ketin tashlab yubordi-da, u qolgan bittasida umboloq oshib o’yinlar ko’rsatdi va bu ajoyi harakatlardan so’ng nogoh nay tepasidan quladi; hamma u yiqilib tushdi deb o’yladi, ammo boyagi yotgan sakrab turib, u bola havoda ekanligida ushlab oldi».

Jismoniy tarbiyaning eng murakkab mashqlaridan bo’lgan yugurishda g’oyatda chidamli bo’lish o’zbek yuguruvchilari uchun xarakterli bo’lgan. Buning yorqin misbli shuki, qadim zamonlarda chet elliklar bilan bo’lgai qattiq janglardan keyin tez yuguruvchi jangchi g’alaba xabarini jang maydonidan o’z elatlariga tez yugurib yetkazar edi.

Bundan, tashqari qadim zamonlarda jang boshlanishidan xabar topgan tez yurar razvedkachi o’z xonini xabardor qilishda marafon yugurishidan foydalanib, shahar va vodiylarni bosib o’tar edi. Shulardan Abu Mus-limning Bodiyeldoi Samarqandiy (samarqandlik tez yugurar, mohir razvedkachi) ismli xizmatkori ayiiqsa marafon yugurishida mashhur bo’lgan. Abu Xafs Nasa-fiyning aytishicha, Abu Muslim o’ldirilgandan keyin Bodiyeldo(shamolday tez yuguruvchi) uning jasadini dushmanlarining qo’liga tushirmaslik uchun Bog’doddan Samarqaidgacha faqat tunlarda marafoncha yugurib olib kelishga muvaffaq bo’lgan.

Sakrash mashqlaridan — uzunlikka sakrash ko’proq qo’llanilgan. Xandaqlardan, otlar ustidan va boshqa to’siqlardan sakrash katta amaliy ahamiyatga ega edi. Musobaqalarda ko’pincha qo’lga qilich ushlab sakrash keng yoyilgan edi.

Suvda suzish mashqlari ham har bir O’rta osiyolik jantchi uchun majburiy edi. Bu «Oyinnoma», «Siyosatnoma» asarlarida qayd qilib o’tilgan. Bobur ham «Boburnoma» asarida o’zining mohir suzuvchi bo’lganligini shunday eslaydi: o’sha kuni men Gang daryosini suzib o’tdim va uning u chekkasidan bu chekkasigacha nechaqadam ekanligini hisoblab chiqdim. O’ttiz qadam masofa suzib borgan ekanman. Shu ondayoq dam o’tmay yana ketimga suzib, o’z joyimga qaytib keldim. Men hamma daryolarni suzib o’tgan zdim, faqat Gang daryosi qolgan edi».

Mahmud Qoshg’ariy o’zining «Devoni Lug’otut turk» asarida suvda cho’milish, suv kechish, suvda quvish, sho’ng’ish musobaqalari O’rta Osiyo elatlari o’rtasida keng tarqalganligi to’g’risida ma’lumotlar beradi.

O’rta Osiyoda bayram vaqtlarida o’tkaziladigan harbiy-jismoniy mashqlar orasida qo’lda maxsus tayoq sul-jon bilan ot chopib o’ynaladigan chavgon (to’p) o’yini ayniqsa mashhur bo’lgan. Mingan otlarining rangi bilan bir birlaridan ajralib turadigan raqiblar ikki guruhga bo’lingan. Har bir chavandozning qo’lida uchiqayrilgan uzun tayoq bo’lardi. Uyinchilar to’pni ana shu tayoq bilan bir-birlariga oshirib otib, maydonning ikki chekkasiga o’rnatilgan raqib darvozasiga olib borib kiritishga harakat qilishardi. Chavgon katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan o’yindir. U matonatlik tez payqay olish, xarakterni tez koordinasiyalay bilish, jasorat, g’alabaga ishonch, og’ir sharoitda ham to’g’ri va tez yo’nalish ola bilish xususiyatlarini tarbiyalashda yordam beradi.

Chavgon o’yini shu qadar ommabop va mashhur bo’lganki, bu o’yinga oddiy chavandoz navkarlargina emas, balki lashkarboshilar, shohlar ham faol qatnashganlar «G’oliblarga sovrun sifatida tangguk ipak kiyimlik» byerilgan.

Sharqning mashhur shoirlari chavgon o’yinidan qattiq ta’sirlanganlar va ilhomlanganlar. Ular chavgon o’yiniga bag’ishlab go’zal g’azal va nafis baytlar bitganlar:

«Boburnoma» da ham chavgon o’yini haqida maroqlng tafsilotlar berilgan.

Sportning eng og’ir va xatarli turlaridan bo’lgan alpinizm ham O’rta osiyoliklarga qadimdan ma’lum..

Kishidan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni, epchillik, jasurlik, uddaburonlikni talab kiluvchi alpinizmning ko’p formalari O’rta Osiyoda shakllangan. Jumladan, O’rta Osiyoning, Hindistonning Afg’onistonning ko’plab past-baland tog’laridan oshib o’tgan, tez oqar va sho’x daryolaridan o’z armiyasini olib o’tgan Boburning mohir va mashhur alpinist bo’lganligi haqida uning «Boburnoma» asaridagi ma’lumotlar dalolat beradi. Bobur va uning askarlari Qobulga borish uchun yaqin yo’l tanlamoqchi bo’lib, Qosimbek degan odamning gapi bilan Hindiqush tog’lari orqali yuradilar. Ammo ular yo’ldan adashib va ko’p qiyinchiliklarga uchrab Hindiqush orqali Qutiy degan g’orga yetib kelishadi. Hamma, shu jumladad Bobur ham, qo’liga kurak olib o’ziga boshpana g’or qazishga kirishadi: «Qo’limga kurak olib, qor kurab o’zimga bir joynamoz miqdori yer yasadim, qorni ko’ksimgacha qazidim, hanuz yerga yetmaydur edi. Harna yelga panoh bo’ldi. Usha g’ordao’ltirdim, yigitlarim: katta g’orga keling, deb har necha dedilarkim, bormadim. Ko’ngulga keldi: barcha kishilarim qorda va bo’ronda qolsayu, men issiq uyda va istirohatda yotamanmi, dalada barcha odamlar tashvish va mashaqqatda yursalaru, men katta g’or ichida uyqu bilan farog’atda yotamanmi? Bu nomardlik bo’lardi, bu hamjihatlikdan yiroq ishdir

  1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə