Adabiyot yashasa, millat yashaydi




Yüklə 66.45 Kb.
tarix21.04.2016
ölçüsü66.45 Kb.
NAMANGAN VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
POP TUMANI XALQ TA`LIMI MUASSASALARI

FAOLIYATINI METODIK TA`MINLASH

VA TASHKIL ETISH BO`LIMI
Pop tumani 16-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan

umumta’lim maktab-internati ona tili va adabiyoti fani

o`qituvchisi ERMONOVA GULZODAning

ADABIYOT YASHASA, MILLAT YASHAYDI” shiori ostida

Abdulla Qahhor hayoti va ijodi”

mavzusidagi

BIR SOATLIK NAMUNALI

DARS ISHLANMASI

2015-2016-o`quv yili

Namangan viloyati Pop tumani 16-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Ermonova Gulzodaning “Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini o’rganish” mavzusidagi namunali dars ishlanmasiga
TAQRIZ

Ma’lumki, bugun dars talabi nuqtai nazaridan kelib chiqib, o’sib kelayotgan va kamol topayotgan yosh avlodning yangilik sari intilishi taraqqiyotga, qolaversa, o’qituvchilarimizni o’z ustida ko’proq ishlashlariga olib kelmoqda. O’z kasbiga sadoqatli jonkuyar va mohir pedagoglar ta’lim-tarbiya jarayonida mustaqillik g’oyalarini ham o’quvchilar ongiga singdirib, ona vatanimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga harakat qilib kelmoqdalar.

Albatta, zamonaviy o’qituvchi doimo o’z davridan ancha oldinni ko’ra bilishi, yoshlarga ta’lim – tarbiyaberishda jamiyat talablari yo’nalishini anglamog’i lozim.

Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Ermonova Gulzoda ham o’z tajriba va bilimlariga tayangan holda yaratgan namunali dars ishlanmasida turli interfaol usullar hamda o’qitishning yangi zamonaviy texnologiyalari asosida dars o’tish usullarini yoritib bergan.

Ushbu dars ishlanmada faqat fan doirasida emas, balki o’quvchilar ongida milliy ma’naviyatimiz, milliy o’zligimiz, milliy g’ururimiz bo’lgan, an’analarimizga muhabbat uyg’otishga ham juda katta e’tibor bergan.

Quyida tavsiya qilingan dars ishlanma o’quvchilarning ijodiy ishlashlari, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va qo’shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Ushbu dars ishlanmasidan ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari adabiyot fanidan dars o’tish jarayonida foydalanishlari mumkin.
Pop tumani 16-DIMIning ona tili va

adabiyoti fani o’qituvchisi: X.Parpiyeva
Sana: __________________

Sinf: __________________

Fan: Adabiyot







DARSNING MAQSADI:

A) TA`LIMIY MAQSAD: o`quvhilarga Abdulla Qahhorningning hayoti va ijodi haqida ma`lumot berish, har bir ijodkorning o`ziga xosligini idrok etish va izohlay olish ko`nikmasini rivojlantirish;
B) TARBIYAVIY MAQSAD: o`quvchilar qalbida badiiy adabiyotga muhabbat hissini uyg`otish orqali ularni ma`rifatparvarlik ruhida tarbiyalash, o`zaro do`stona munosabatlarni shakllantirish;
D) RIVOJLANTIRUVCHI MAQSAD: o`quvchilarning og`zaki nutqini rivojlantirish, fikrlash doirasini kengaytirish;

DARS TIPI: yangi bilim beruvchi.
DARS USLUBI: Ko`rgazmali-amaliy;
DARS USULI: Noan`anaviy (,,O`yla, Izla, Top” intelektual o`yini, “Mozaika” metodi “G`alvir” o`yini, “Orkestr” usuli, “Klaster” usuli va daraxt konstruktori )
DARS DIDAKTIKASI:
JIHOZI: 6-sinf adabiyot darsligi, slaydlar, vatman, ko`rgazmalar, tarqatma, “Rag`bat” va “Jarima” kartochkalari.

TEXNIK VOSITALAR: Kompyuter, videoproyektor, ekran.

Darsning blok sxemasi

T/r

Darning bosqichlari

Vaqt (daqiqa)

1

Tashkiliy qism

3

2

Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni takrorlash.

8

3

Yangi mavzuni tushuntirish.

15

4

Interfaol usullardan foydalangan holda yangi mavzuni mustahkamlash.

15

5

O`quvchilarni baholash.

2

6

Uyga vazifa berish.

2


DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI


Darsning maqsadi.

O`quvchilarga Abdulla Qahhorningning hayoti va ijodi haqida ma`lumot berish, har bir ijodkorning o`ziga hosligini idrok etish va izohlay olish ko`nikmasini rivojlantirish;

Darsning vazifasi.

Ushbu mavzuga qiziqtirish orqali boshqa adib va shoirlarning adabiy merosini o’rganish, asarlarini tahlil qilish, uning mazmun mohiyatidan kerakli xulosalar chiqarish ko’nikmasini hosil qilish.

Darsning tashkil etish texnologiyasi.

Uslub: Ko`rgazmali-amaliy.

Shakl: Kichik guruhda va individual tartibda ishlash.

Usul: Noan`anaviy

Nazorat: Og`zaki, yozma va o`z-o`zini baholash.

Vosita: Darslik, slaydlar, vatman, ko`rgazmalar, tarqatma, kompyuter, videoproyektor, ekran

Baholash: “rag`bat” va “jarima” tizimi asosida.

Kutiladigan natija.

O`qituvchi:

Bir darsda hamma o`quvchini baholaydi. Mavzu haqida batafsil ma`lumot to`playdi. Qisqa vaqt ichida yuksak natijaga erishadi.O`quvchilarda bilim, ko`nikma va malaka hosil qiladi.



O`quvchi:

O`z fikriga ega boladi. Qisqa vaqtda ko`p ma`lumotga ega bo`ladi. Fikrlash, esda saqlash va nutq qobiliyati oshadi. Guruh bilan ishlash malakasi oshadi.



Kelgusi rejalar.

O`qituvchi:

Ilg`or pedagogik texnologiyani o`rganadi. O`z darsini tahlil qiladi. Yangi qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadi. O`quvchiga har tomonlama ibrat bo`lishga harakat qiladi.



O`quvchi:

O`z ustida ishlaydi. Bilim darajasi oshadi. O`z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir xulosaga kelish malakasi oshadi. Yangi qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadi.



DARSNING SHIORI: “Adabiyot yashasa millat yashaydi”.

DARSNING BORISHI:

I. TASHKILIY QISM. (3 daqiqa)

a) Psixologik iqlim yaratish (Salomlashish, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini baholash, sana, davomat va ob-havoni aniqlash ).

b) Darsning mavzusi va masadini e`lon qilish.

d) Darsda o`zlashtirilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni e`lon qilish:

e) O`quvchilarni guruhga bo`lish. Guruhlarga “Bilimdonlar”, “Zukkolar”, “Adabiyotshunoslar” nomlarini berish.

f) Darsning oltin qoidalarini ishlab chiqish.

1. O`zaro hamkorlik.

2. Do`stlik.

3. Topqirlik.

4. Tezkorlik.

5. Zukkolik.

6. Hamjihatlik.

Sinfning darsda joylashish chizmasi















II.O`TILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.

O`quvchilarga o’tilgan mavzu Hamid Olimjonning “O`zbekiston” she`ri yuzasidan quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:



1-guruhga: She`rni nima sababdan “O`zbekiston” deb nomlanganini izohlab ko`ring.

2-guruhga: She`rda lirik qahramon o`z yurti va zamondoshlariga qanday ta`rif beradi?

3-guruhga: “O`zbekiston” she`rida qanday badiiy tasvir vositalaridan foydalanilgan?

O`quvchilarning javoblari tinglanadi. Guruhlarning javoblari o`qituvchi tomonodan umumlashtiriladi va faol o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Shundan so`ng “O`yla, Izla, Top” intelektual o`yini o`tkaziladi.

Bunda guruh sardorlari kelishgan holda monitorda ko`rsatilgan shartlardan birini tanlaydi.Masalan, “Eng…Eng…Eng…” sharti tanlanadi. Bu shartda har bir guruhga Hamid Olimjonning hayoti va ijodiga doir ,,eng” so`zi ishtirok etgan 3 tadan savil beriladi. Savollar monitor orqali berilishi yoki o`qituvchi tomonidan o`qib eshittirilishi ham mumkin.

1- guruh uchun savollar:

1. Hamid Olimjon eng birinchi ta`limni kimlardan oldi?

2. Shoirnining eng birinchi she`rlar to`plami qanday nomlanadi?

3.Hamid Olimjonning eng birinchi faoliyat ko`rsatgan gazetasi?

2-guruhga:

1.Hamid Olimjonning eng dastlabki hikoyalar to`plami qanday nomlanadi?

2.1931-yilda qanday kitobchasi chop etildi?

3.Hamid Olimjonning shundan so`ng yana qanday she`rlar, dostonlar va tarjimalardan iborat kitoblari dunyo yuzini ko`rdi?

3-guruhga:

1.Hamid Olimjonning eng sara doston va ertak-dostonlari ?

2.Adibning eng qiziqarli sahna asarlari?

3.Hamid Olimjonning qanday eng yaxshi xizmatlari uchun Falar Akademiyasiga muxbir a`zo etib tayinlanadi?

Bilimlar bulog`i” deb nomlangan keyingi shartda o`quvchilar quyidagi slaydda ko`rsatilgan fanlardan birini tanlashadi.Masalan, matematika fani tanlansa, har bir guruhga bittadan matematik misol beriladi. O`quvchilar misollarni bajarishlari asnosida kelib chiqqan sonning Hamid Olimjonning hayoti va ijodiga tegishliligini topishlari kerak bo`ladi .Misollar ham slayd orqali ko`rsatiladi.


Bunda 1- matematik amalning javobi 1909, ya`ni 1909-yilda Hamid Olimjon tavallud topgan kun. 2- matematik amalning javobi 1928, ya`ni 1928- yilda Hamid Olimjon O`zbekiston oliy pedagogika institutiga qabul qilindi. 3- matematik amalning javobi 1944 , ya`ni 1944-yilda Hamid Olimjon vafot etgan yildir.

Tarix fanidan har bir guruhga monitor orqali bittadan savol beriladi:

1. “O`zbekiston” she`rining hamisha suyib o`qilishi va o`rganilishining sababi nimada?

2. “O`zbekiston” she`rida “Go`daklarni yutmas och o`lim” degan misrasini vatanimizning o`tmishi bilan bog`lang.

2.She`rda milliy ma`naviyatimizga xos belgilarni ayting.

O`quvchilar tomonidan ona tili fani tanlanganda, belgilangan vaqt oralig`ida

,,O`zbekiston'' she`ri matnidan 1- guruh sifatlarni, 2-guruh fe`llaeni, 3- guruh gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlarini aniqlashlari kerak bo`ladi.

Navbatdagi ,,Elektron savol’’ shartida monitor orqali guruh sardorlariga savol beriladi. Bunda Hamid Olimjonning ,,O`zbekiston’’ she`ridan parcha audiopler orqali ingliz tilida o`qib eshittiriladi. Sardorlar she`rni tarjima qilishlari kerak bo`ladi.

Shundan so`ng ,,Orkestr” usulidan foydalaniladi. Bunda Hamid Olimjonning

,,O`zbekiston” she`rini yoddan aytib berishlari kerak bo`ladi. Sherni 1-guruh a`zolari boshlab bersa, xohlagan keyingi guruh vakili davom ettirishi kerak bo`ladi. O`qituvchi ,,Drijyor” vazifasini bajaradi. U tayoqchasi bilan ko`rsatgan guruh vakili she`rni kelgan joyidan davom ettira olishi kerak, aks holda orkestrdan chetlashtiriladi Bunda o`quvchilarning she`rni yod olganlik darajasi , ifodali aytishi, ravon va go`zalligi hisobga olinadi.

O`quvchilar tomonidan berilgan javoblar umumlashtirilib, shartlarda faol ishtirok etgan o`quvchilarga rag`bat kartochkalari beriladi.


III. YANGI MAVZU BAYONI.

Yangi mavzuni yoritishda ,,Mozayika “ usulidan foydalaniladi. Bunda o`qituvchi yangi mavzuni uch qismga bo`lib, oldindan o`quvchilarga vazifa qilib beradi. Guruhlar Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi yuzasidan ma`lumot berishadi. O`qituvchi; O`zbek milliy nasrining zabardast vakillaridan biri yozuvchi Abdulla Qahhor 1907- yilning 17- sentabrida Qo`qon shahridan uncha uzoq bo`lmagan Asht qishlog`ida tug`ilgan. Uning otasi usta Abduqahhor temirchilik bilan shug`ullanardi. Yozuvchi hayoti juda og`ir kechdi.

Abdulla Qahhor yetti yoshga to`lganda 1- jahon urushi boshlanib ,uning hayotini yanada og`irlashtirdi. Usta Abduqahhor tirikchilik uchun pul toppish ilinjida Qo`qon atrofidagi qishloqlarga ustaxonasini ko`chirib borar, oila ham uning ortidan sarson – sargardon sudralib yurardi. Bularning bari Abdullajonning - bo`lg`usi yozuvchining ruhiyatiga , dunyoqarashi va xarakteridaga ta`sir qilmasligi mumkin emas edi, albatta.
BILIMDONLAR” GURUHI

Abdullajonning savodi o`sha qishloqlardagi eski maktablarda chiqqan bo`lsa-da , ota- onasi Qo`qonga ko`chib kelib, muqim o`rnashgandan keyingina u chinakkam maktab ta`limni oladi. Avvaliga shahardagi sobiq xotin- qizlar gimnaziyasi o`rnida tashkil etilgan internatda, keyin esa o`qituvchilar tayyorlanadigan texnikumda o`qiydi. U yillari savodli, qo`lida qalami bor yoshlarga talab nihoyatda katta edi. Shu tufayli ham Abdullu Qahhor Turkiston o`lkasining markazi Toskentga keladi va ,,Qizil O`zbekiston” gazetasida adabiy xodim bo`lib ishga joylashadi. 1926- 1930- yillar oralig`ida O`rta Osiyo davlat universitetida o`qiydi. O`qib yurgan ketma- ket chop etiladi. Yozuvchi bu asarlari ostiga Norin shilpiq , Sarimsoq singari taxalluslar qo`yardi.

Yozuvchining dastlabki qissasi ,,Qishloq hukm ostida’’ 1932- yilda chop etilgan.
ZUKKOLAR” GURUHI:

Abdulla Qahhor 1934-yilda ,,Sarob” deb atalgan yirik romanini yozib tugatdi. 1935-1939-yillar oralig`ida adibning uchta ,,Hikoyalar” to`plami, 1937-yilning oxirida esa ,,Sarob” romanini o`quvchilarga kitob shaklida taqdim etdi.

1939-1945-yillarda bo`lib o`tgan Ikkinchi jahon urushi Abdulla Qahhorning ijodida ham o`z izini qoldirmay qo`ymadi. O`sha yillari adib fashist gazandalarini la`natlagan qator felyetonlar, urushda mardlik namunalarini ko`rsatayotgan o`zbek jangchilarini madh etgan maqolalar, urush ortida zahmatli mehnat qilayotgan qariyalar va ayollar to`g`risidagi o`nlab hikoyalarini bitdi.

Urushdan keyin - 1949- yilda Abdulla Qahhor qishloq xo`jaligini jamoalashtirish mavzusi yoritilgan ,,Qo`shchinor” nomli romanini yozib e`lon qildi. Biroq noo`rin tanqidiy gaplar tufayli bu asar liddiy qayta ishlanadi va ,,Qo`shchinor chiroqlari” nomi bilan qayta chop ettiladi.


ADABIYOTSHUNOSLAR” GURUHI:

Abdulla Qahhor milliy teatr san`atimiz rivojiga ham katta hissa qo`shgan ijodkor sanaladi. Uning ,,Shohi zo`zana”(1951-yil), ,,Og`riq tishlar”(1954-yil), ,,Tobutdan tovush”(1962-yil), ,,Ayajonlarim”(1967-yil) singari komediyalari o`z davri tomoshabinlarining sevimli asarlariga aylangan edi. Adibning ,,Sinchalak”, ,,O`tmishdan ertaklar”, ,,Muhabbat”, ,,Zilzila” qissalari zamonaviy qissachilik rivojiga sezilarli ta`sir ko`rsatdi. ,,Zilzila” qissasi tugallanmay qolgan qissasi hisoblanadi.

Abdulla Qahhor 1968-yilning 25-may kuni vafot etdi va Toshkentdagi Chig`atoy qabristoniga dafn qilindi. Poytaxtimizda adib yashagan maskan bugungi kunda ,,Abdulla Qahhor uy-muzeyiga aylantirilgan.

O`zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo`shgan ulkan hissasi uchun Abdulla Qahhor ,,O`zbekiston xalq yozuvchisi”unvoniga, mustaqillik davrida esa ,,Buyuk xizmatlari uchun” ordeniga munosib deb topilgan.

O`qituvchi yangi mavzuni ,,Klaster” usulidan foydalanib , tushuntirishda davom etadi:



IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar o`rtasida ,,G`alvir”, ,,Daraxt konstruktori “ didaktik o`yinlari o`tkaziladi.

,,G`alvir” o`yinida 1- guruh a`zolari monitotorda ko`rsatilgan ,ya`ni aralash holda berilgan Abdulla Qahhorning asarlarini turlarga ajratadilar. Masalan, hikoyalari, qissalari, romanlari va komediyalari kabi.


2- guruh a`zolariga Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga doir test tarqatmalari beriladi. Masalan:


1.Abdulla Qahhor qanday taxalluslar bilan ijod qilgan?

A. Fitrat. B. Norin shilpiq, Sarimsoq.

C. Hakimzoda. D. Taxallusi yo`q.
2.Abdulla Qahhorning dastlabki qissasi.

A. “Qishloq hukm ostida” B. “Daxshat”

C. “Zilzila” D. “Muhabbat”
3. Abdulla Qahhorning tugallanmay qolgan asari nomi ko’rsating.

A. “Zilzilza” B. “Qishloq hukm ostida”

C. “Bemor” D. “Ayajonlarim”

4.Abdulla Qahhorning romanlari berilgan qatorni belgilang.

A. “Zilzila”, “Sarob” B. ,,Bemor”, ,,O`g`ri”

C. “Sinchalak”, “Muhabbat” D. “Sarob”, “Qo`shchinor chiroqlari”


5.Yozuvchi qanday unvon bilan taqdirlangan?

A. “Buyuk xizmatlari uchun”

B. “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yozuvchi”

C. “O`zbekiston xalq yozuvchisi”

D. “El-yurt hurmati”
3-guruh daraxt ko`rgazmasining paski shoxlariga Abdulla Qahhorning hikoyalarini va qissalarini, o`rta qatoriga komediyalarini, tepa qatoriga romanlarini joylashtiradilar.















O`quvchilarning bergan javoblari mustahkamlanadi, guruhlarning to`plagan rag`batlari jamlanib baholanadi va o`quvchilar rag`batlantiriladi. O`quvchilarning darsdagi ishtiroki uchun “Eng faol o`quvchi”, “Eng bilimdon o`quvchi” naminatsiyalari beriladi.



V. Uyga vazifa berish.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash, “Bemor” hikoyasini o`rganib kelish.



XULOSA

“Ta’lim to’g’risida”gi Qpnun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilgan vazifalar ichida innovatsion pedagogik texnologiyalarga va ularning ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishdagi o’rnini aniqlashga alohida e’tibor berishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, ushbu dars ishlanmada eng yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’qitish metodi ishlab chiqilgan. Darsda qo’llangan har bir metod o’quvchilarni dars jarayonida chuqurroq ishlanishga, o’tilayotgan mavzunung mohiyatini o’rganishga chorlaydi.

Masalan, “O’yla! Izla! Top!” o’yin mashqi o’quvchilarning topqirlik va zukkolik ko’nikmalarini rivojlantiradi. “Orkestr” usuli o’quvchilarda she’rni ifodali qilib o’qish, orqali nutqni rivojlantiradi. “Mozaika” usuli esa o’quvchilarni ijodkorlik va mustaqil o’rganish va fikrlashga o’rgatadi. “G’alvir” o’yini va “Daraxt konstrukturi”dan foydalanish orqali o’quvchilarga aqliy hujum uyushtirish orqali yangi mavzuni qay darajada o’zlashtirilganligi tekshiriladi.

Dars ishlanmada foydalanilgan turli xil o’yinlar o’quvchilarning egallayotgan bilim va ko’nikmalari puxta va doimiy bo’lishini ta’minlaydi.



Darsda qo’llanilgan texnologiyalarning afzalliklari:

  1. Sinfdagi hamma o’quvchilar erkin, faol ishlaydilar. Kichik guruhlarda hamma o’quvchilar topshiriqlarni hamkorlikda bajaradilar.

  2. Har bir o’quvchida mustaqil fikrlash, topqirlik, izlanuvchanlik ko’nikmalarini hosil qiladi.

  3. Noan’anaviy baholash tizimi orqali o’quvchilarda milliy madaniyatimizga bo’lgan muhabbat va adabiyot faniga bo’lgan qiziqishlarini ortirib boradi.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. M.Turobboyev, G.Jo’rayeva “O’qitishning interfaol usullari” Namangan 2011.

  2. S.Iamitdinov, T.Xolmatov, H.Mardonova “Pedagogik texnologiya asoslari” Qo’qon 2010.

  3. B.To’xliyev, R,Niyozmetova “O’zbek adabiyoti o’qitish metodikasi” Toshkent 2003.



Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə